"Paxtakor" Kamen Xadjiev bilan shartnoma imzoladi
10 fev 2022 16:52
Yangiliklar
"Paxtakor" Kamen Xadjiev bilan shartnoma imzoladi
"SHerlar"ning Turkiyadagi yig'iniga borib qo'shilgan Xadjiev tibbiy tekshiruvdan muvaffaqiyatli o'tdi va erkin agent sifatida "Paxtakor" futbolchisiga aylandi. U faoliyati davomida Bolgariyaning "Rodopa", "Pirin", "Minyor", "Lokomotiv" va "Beroe", Germaniyaning "Olbendurg", Gollandiyaning "Fortuna" va Vengriyaning "Pushkash Akademiya" klublarida o'ynagan. Professional faoliyati mobaynida klublarda 258 o'yinda 11 gol muallifiga aylangan. Oxirgi jamoasi "Beroe"da mazkur mavsumda 14 uchrashuvda maydonga tushgan. Bolgariya milliy terma jamoasiga 2019 yil jalb etilgan.
Kamenning "Paxtakor"dagi faoliyati omadli chiqishini tilaymiz va u jamoamizga sovrinlarni qo'lga kiritishda katta yordam berishiga umid qilamiz. "Paxtakor"ga xush kelibsan, Kamen!", - deyiladi klub xabarida.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar