So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  168 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

"Paxtakor Junior" loyihasining taqdimot marosimi bo'lib o'tdi Yangiliklar

"Paxtakor Junior" loyihasining taqdimot marosimi bo'lib o'tdi

Teglar :  Paxtakor Junior
9 fevral, chorshanba kuni "Paxtakor" stadioni anjumanlar zalida "Paxtakor Junior" loyihasining taqdimoti bo'lib o'tdi.

Ushbu loyiha "Paxtakor" futbol klubi va “Junior Soccers Schools” ishtirokida amalga oshirilayotgan bo'lib, “Paxtakor Junior” bolalar va o'smirlar futbol maktablarini ochishdan ko'zlangan maqsad "Paxtakor"ning yurtimizdagi brendini o'stirish, mamlakatimizning barcha hududlarida “Paxtakor Junior” maktablari tarmog'ini yaratish, klub akademiyasiga  istiqbolli va iqtidorli yosh futbolchilarni aniqlash va etkazib  berish, bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish hamda targ'ib qilishdan iborat. Loyihaning asosiy vazifalari – sog'lom turmush tarzini joriy etish, futbolni rivojlantirish va yosh bolalarni sportga keng jalb etish, maktab va maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy madaniyatga qiziqishni o'stirish, chekka hududlardagi iqtidorli bolalarning etibordan chetda qolmasligi taminlash sanaladi. "Paxtakor Junior" orqali eng iqtidorli bolalar "Paxtakor" futbol akademiyasiga tanlab olinadi.



Dilshod Karimov ("Paxtakor" futbol klubi raisi o'rinbosari): - Yangi mavsumda "Paxtakor" tarkibini yoshartirish, akademiyaga ko'proq ahamiyat berish haqida klubimiz raisi tomonidan vazifa qo'yilgan. Iqtidorlarni ko'proq izlab topish maqsadida "Paxtakor Yunior" loyihasi ishga tushirilmoqda. Bu orqali nafaqat Toshkent shahri, balki butun mamlakat bo'ylab yoshlar va bolalarni futbolga jalb qilib, ular orasidan eng yaxshilarini akademiyaga tanlab olishga intilamiz. Yurtimizda sport va futbolni ommalashtirishga katta etibor qaratilmoqda. SHunga biz ham o'z hissamizni qo'shish niyatidamiz. Hozircha ushbu maktablardan 4tasi Toshkent shahrida ish boshlaydi. Tez orada boshqa hududlarda ham bu loyiha ishga tushiriladi. Buning yordamida "Paxtakor" futbol klubining brendini yanada ko'tarish ham rejalarimizdan o'rin olgan.

- Ushbu maktablarda barcha yoshlar futbol bilan shug'ullanish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Bolalarni qamrab olish chegerasi kattaroq bo'ladi.




SHuhrat Yusupov ("Paxtakor Yunior" loyihasi tasischisi):
- Toshkent shahrining Yakkasaroy, Uchtepa, SHayxontohur va CHilonzor tumanlarida maktablar ish boshlaydi. Bosqichma-bosqich loyihani kengaytirib boramiz. Dastlab Toshkent shahrini qamrab olishni rejalashtirganmiz. Keyin esa boshqa hududlarda ham buni ishga tushiramiz. Dastlabki maktablar mart oyida ishga tushishi kutilmoqda. Dastlabki loyiha poytaxtimizdagi "Do'stlik" bog'i hududida ochilishi kutilmoqda.

- Talabdan kelib chiqqan holda ishlaymiz. Marketing tahlilini ko'rib chiqamiz. Birinchi bosqichda 6 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan bolalarni jalb etmoqchimiz. Murabbiylar masalasiga kelsak, "Paxtakor" futbol klubi bilan birgalikda faoliyat ko'rsatamiz. Murabbiylar nomini elon qilib boramiz.




Olim SHokirov ("Paxtakor" FK akademiyasi direktori): - Mashg'ulotni qanday tashkil etish va o'tkazish borasida zarur qo'llanmani taqdim etamiz. Akademiya qanday faoliyat olib borayotgan bo'lsa, "Paxtakor Yunior" loyihasida ham shunday uslubda ishlanadi. Barcha ishlar hamjihat holda olib boriladi.

- Tarbiyalanuvchilarimizga ko'proq etibor berishni istaymiz. Faoliyatimizni o'zgartirib, yanada ko'proq iqtidorli futbolchilarni asosiy jamoa uchun tarbiyalab berishni istaymiz.




Dilshod Karimov: - Avvalgi yili ko'plab futbolchilar "Olimpik" jamoasiga berildi. SHu sababli yoshlar tarkibini kuchaytirish imkoniyati bo'lmadi. Avval akademiyada joy bilan bog'liq muammo bor edi. Yaqinda yotoqxona qurib bitirdik, oshxona bo'yicha muammoni hal qildik. Yana akademiya faoliyatini yaxshilash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

SHuhrat Yusupov: - Maktablarda futbolchilar qanday shug'ullanayotgani, undagi ko'rsatkichlarni ota-onalar bevosita platforma orqali kuzatib borishlari mumkin bo'ladi. Maxsus dastur yordamida ularning turli jihatlar bo'yicha qanday o'zgarayotganini bilib olish imkoniyati havola etiladi. Va umuman mashg'ulotlarni ham bemalol kuzatib turishlari mumkin. Barcha ishlar shaffof yo'lga qo'yiladi. Eng iqtidorli bolalar tekinga qabul qilinadi. SHuningdek, kam taminlangan oilalarga imtiyoz taqdim etiladi. Qolganlar uchun esa xizmat pullik bo'ladi. 


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика