"Paxtakor" futbolchisi Qozog'iston klubiga ijaraga berilmoqda
17 fev 11:36
Yangiliklar
"Paxtakor" futbolchisi Qozog'iston klubiga ijaraga berilmoqda
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, 21 yoshli Asqarov Qozog'istonning "Turon" klubiga ijaraga beriladi.
Behruzbek Asqarov 2023 yilgi U-20 Osiyo kubogi chempioni, 2024 yil Parij Olimpiadasi ishtirokchisi hisoblanadi. O'tgan mavsum "Paxtakor" safida barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatamani amalga oshirdi.
Turkiston shahrining "Turon" klubi boshlanayotgan mavsumda o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ymoqda. Tarkibga bir qator o'zbekistonlik hamda muxlislarimizga yaxshi tanish bo'lgan futbolchilar jalb qilinmoqda. Ro'yxatga etibor qiling:
Odil Abdumajidov
Xurshidbek Muxtorov
Vasiliy Sovpel
Abinur Nurimbet
Luka Zgurskiy
Behruzbek Asqarov
"Turon"ni ayni paytda belaruslik murabbiy Vitaliy Jukovskiy boshqarmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar