So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

"Paxtakor" futbolchisi MTJ lagerini tark etdi Yangiliklar

"Paxtakor" futbolchisi MTJ lagerini tark etdi

O'zbekiston terma jamoasi hamda "Paxtakor" klubi himoyachisi SHerzod Azamov jarohati tufayli mashg'ulotlarda ishtirok etmadi.

Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi kechadan boshlab yig'inga kirishgani haqida xabar bergandik. Kecha yopiq tarzda o'tkazilgan mashg'ulotda ishtirok etgan SHerzod Azamov bugun terma jamoa lagerini tark etdi. Azamovning bel qismidan olgan jarohati uning mashg'ulotlarda ishtirok etishiga yo'l qo'ymadi.

SHuningdek, Kuper jalb etgan tarkibdan o'rin olgan "Lokomotiv"ning o'ng qanot himoyachisi SHuhrat Muhammadiev ham terma jamoa bilan birga emas. "Buxoro"ga qarshi bahsda jarohat tufayli maydonni tark etgan futbolchi ayni paytda muolaja o'tkazish bilan band. SHu boisdan ham uning o'rniga terma jamoaga "Qo'qon-1912" himoyachisi Murod Xolmuhammedov chaqirildi va futbolchi kechadan buyon mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. Birinchi mashg'ulotni o'tkazib yuborgan "Paxtakor" azosi Akmal SHorahmedov ham bugundan etiboran terma jamoa bilan shug'ullanishni boshladi.

SHerzod Azamov va SHuhrat Muhammadiev Suriya va Eron terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazib yuborishadi.

MTJdan chaqiruv olgan legionerlar esa Suriya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yiniga bir hafta qolganida o'z klublari ixtiyoridan MTJ lageriga kelib qo'shilishadi.

SHuni qayd etib o'tish kerakki, jarohatlari tufayli legioner maqomidagi ikki yarim himoyachi Vagiz Galiulin hamda Fozil Musaev Kuper boshchiligidagi terma jamoamizning ilk yig'inini o'tkazib yuborishmoqda.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика