So’nggi yangiliklar

01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  1 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  4 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  6 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   5 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2

"Paxtakor" - "Dinamo" o'yiniga tashrif buyurib, "Damas" avtomobili sohibiga aylanishingiz mumkin! Yangiliklar

"Paxtakor" - "Dinamo" o'yiniga tashrif buyurib, "Damas" avtomobili sohibiga aylanishingiz mumkin!

Teglar :  PaxtakorDinamo
Oliy liganing 3-turida "Paxtakor" peshqadam "Dinamo"ni qabul qiladi.

Samarqand jamoasi hozircha oliy ligada etakchilik qilmoqda. "Dinamo" 2 o'yinda zafar quchdi va darvozasidan to'p olib chiqmadi.

Jamoalar oliy ligada ayni paytgacha 44 bor to'qnash kelishgan. 35 uchrashuvda "Paxtakor", 5 bahsda "Dinamo" g'alaba qozongan. 4 o'yinda kuchlar teng kelgan. "SHerlar" raqib darvozasiga 92 gol urib, darvozalaridan 22 to'p olib chiqishgan. Toshkentda o'tgan 22 bellashuvning 21tasida jamoamiz ustun kelgan. Samarqandliklar 2000 yil poytaxtda muvaffaqiyat qozonishgan. Bu "Dinamo"ning safarda qo'lga kiritgan barcha ochkolari sanaladi. Mehmonda raqibimiz 22 o'yinda 5 to'p kiritgan xolos.

"PAXTAKOR" - "DINAMO"
Hakamlar
: Olim Tolibjonov (Toshkent), Bektursin Kannazarov (Nukus), Jalgasboy Sarsenov (Nukus).
Nazoratchi: Oleg Dachev (Toshkent).

Yoshlar tarkiblari o'yini 11 mart, shanba kuni 14:30da Qibraydagi stadionda start olsa, asosiy jamoalar to'qnashuvi 12 mart, yakshanba kuni "Paxtakor" stadionida 17:00da boshlanadi.

Mazkur uchrashuvda "Paxtakor" stadioniga tashrif buyuradigan muxlislarni ajoyib sovg'alar kutmoqda. Mavsumiy abonement va chipta sotib olgan har bir ishqiboz "Omadli muxlis" sovrinli akciyasida ishtirok etib, asosiy sovg'a sifatida "Damas" avtomobilini yutib olish imkoniyatiga ega bo'ladi. SHuningdek, stadionga kelgan muxlislar barcha qulayliklardan foydalanishi mumkin va bu borada zarur ishlar amalga oshiriladi.
CHiptalar 10 va 20 ming so'mdan stadion kassalarida sotuvga chiqariladi.

Uchrashuvga tashrif buyuring va "Paxtakor"ni qo'llab-quvvatlang!

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика