So’nggi yangiliklar

18:42Opta А Серияда қайси жамоада чемпион бўлиш эҳтимоли катта эканлигини маълум қилди  0 18:10Суперлига. "Шўртан" - "Навбаҳор" (матнли трансляция)  4 17:50Эшитдик-да! Португалия терма жамоаси собиқ устози Ўзбекистон МТЖда иш бошлаши мумкин   32 17:32Эшитдик-да! CAFA мусобақаси қайси стадионларда ўтказилиши маълум  14 17:10Саудия Арабистони Суперкубоги. "Ал Қодисия" - "Ал Аҳли" (онлайн ҳисоб)  2 16:47"Арсенал" кутилмаганда Хавертц ўрнига футболчи излашни бошлади  1 16:45Тимур Кападзенинг боши нега оғримоқда?  11 16:20Акинфеевга замонавий спорт журналистикаси ёқмаяпти  0 15:42"Барселона" Ла Лиганинг 1-турида энг ёш таркибни майдонга туширди. Иккинчи ўринда...  14 15:39"Насаф" ҳимоячиси "Шўртан"га қарши ўйинда майдондан четлатилиши лозим эди. Суперлиганинг 19-турида ҳакамлик таҳлили  2 15:10Opta суперкомпьютери: Бундеслигада сенсация бўлмайди  0 14:46Месси яна терма жамоага чақирилди, Файзуллаев энди ўйнай олади, Роналду финалга чиқди - 19 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада  0 14:29Қирғиз Республикаси терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  2 14:16Лутфулла Тўраев "Бунёдкор"га қайтди  7 13:52"Жиззахда Абрамов, Ғузорда Лушчан жамоасининг имконияти юқори" — Павел Соломин   3

"Paxtakor-79"ni xotirlab: Mixail An Yangiliklar

"Paxtakor-79"ni xotirlab: Mixail An

Teglar :  PaxtakorMixail An
"Paxtakor" uchun mashum aviahalokatda hayotdan ko'z yumgan jamoa azolarini yodga olamiz.

Mixail An 1952 yil Toshkent viloyati Yuqori CHirchiq tumanida joylashgan Sverdlov jamoa xo'jaligida dunyoga kelgan. Uning akasi Dmitriy "Paxtakor" va "Politotdel" jamoalari sharafini himoya qilgan. SHu sababli Mixail uchun futbol begona bo'lmagan muhit sanalardi.

O'smirligidayoq barchaning etiboriga tushgan An 1970 yilda "Politotdel" asosiy tarkibiga jalb etildi. 1971 yilning ikkinchi davrasidan uning "Paxtakor"dagi faoliyati boshlandi. Ilk uchrashuvini mahoratli yarim himoyachi 23 avgust kuni Toshkentda "Dinamo" Tbilisiga qarshi kechgan bellashuvda o'tkazgan. O'sha bahsda jamoamiz 5:1 hisobida zafar quchgan. Aynan o'sha mavsumdan yarim himoyada An, Fyodorov, Varyuxin, Abduraimov va Xadzipanagis hukmronligi boshlangandi. Ular raqib himoyasini o'ta murakkab ahvolga tushirib qo'yishgan.

1974 yilgi mavsumda u oliy ligada 11 gol muallifiga aylanib, chempionatning eng yaxshi 33 futbolchisi ro'yxatidan o'rin olgan. O'sha yili "Qayrat" darvozasiga kiritgan uch to'pi muxlislar yodida qolgan. SHuningdek, 1975 yil "Dinamo" Kievga qarshi ajoyib bahsda u dubl qayd etgan.



1974 yil SSSR terma jamoasidan taklif olib, sentyabrda "Roma"ga qarshi o'tgan o'rtoqlik bahsida qatnashgan. 1978 yil esa Eron bilan Tehrondagi o'rtoqlik o'yini va Turkiyaga qarshi Evropa chempionati saralash bellashuvlarida qatnashgan. 1979 yil ikkinchi terma jamoa tarkibida Meksika va AQSH termalari bilan to'qnashuvlarda to'p kiritgan.

1976 yil SSSR yoshlar terma jamoasi safida Evropa chempioniga aylangan. O'sha jamoada u sardorlik vazifasini ham bajargan. Afsuski, 1979 yil ro'y bergan aviahalokat sababli Mixail An hayotdan ko'z yumgan.

"Paxtakor" safida u chempionat bellashuvlarida 232 o'yinda 47 gol muallifiga aylangan.

2006 yil Mixail An o'limidan so'ng "SHuhrat" medali bilan taqdirlangan.

Ayni paytda Mixail Anning o'g'li Dmitriy An "Paxtakor" futbol akademiyasida murabbiylik qilib, bo'lajak futbolchilarga millionlar o'yini sirlarini o'rgatmoqda. Demak, Anlar oilasi hamon "Paxtakor" va futbol bilan birga.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика