So’nggi yangiliklar

11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  0 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  11 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  0 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  2 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  2 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  20 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  3 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  3 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  24 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6

"Paxtakor-79" bosh murabbiyi Bobur Mahkamov: "Birinchi liga klubi bilan Superliga jamoasiga qarshi o'ynash oson kechmagan" Yangiliklar

"Paxtakor-79" bosh murabbiyi Bobur Mahkamov: "Birinchi liga klubi bilan Superliga jamoasiga qarshi o'ynash oson kechmagan"

"Paxtakor-79" bosh murabbiyi Bobur Mahkamov O'zbekiston kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan "Turon"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


O'yin haqida

- Avvalo barcha futbol ishqibozlariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Uzoq masofadan kelib qo'llab-quvvatlagan angrenlik muxlislarga ham rahmat. Birinchi liga klubi bilan Superliga jamoasiga qarshi o'ynash oson kechmagan. Yigitlar o'zlarini yomon ko'rsatmadi. Lekin taktik, texnik jihatdan Superliga futbolchilari ko'rinib turdi. Ikkinchi golni o'tkazib yubormaganimizda balki o'yinning shiddati tushib ketmas edi. O'zimizning xatolarimiz evaziga gollar olib keldik. 

- Bugun legionerlar maydonga tushmaganiga izoh bera olasizmi?

- Ular bilan yaqinda shartnoma imzoladik. Hali mashg'ulotlarda ularni to'liq ko'rib olganimiz yo'q. CHempionat o'yinlarida ularni o'ynatish niyatimiz bor. 

- "Paxtakor-79" o'z oldiga yuqori maqsad qo'ygan klub hisoblanadi. Umuman klub haqida malumot bera olasizmi, kim tomonidan moliyalashtiradi?

- Klub prezidenti Kelvin Logo. O'zbekistonga futbolchi sifatida kelgan. Hozirda "Paxtakor-79" prezidenti. Klub xususiy. Angren mutasaddilari ham yordam berib, qo'llab-quvvatlab turishibdi. 

- Angrendan ko'plab muxlislar tashrif buyurishdi. Ular haqida fikringiz?

- Ochig'i xayron qoldim muxlislar juda fidoyi. Ularga yana bir bor minnatdorchilik bildirmoqchiman. Juda ahil, ijobiy baho bergan bo'lardim.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика