So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  169 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

O'zPFLning ilk ochiq moliyaviy hisobotidan keyingi xulosalar Yangiliklar

O'zPFLning ilk ochiq moliyaviy hisobotidan keyingi xulosalar

O'zbekiston Professional futbol ligasi 4 fevral kuni ommaviy axborot vositalari xodimlari oldida moliyaviy hisobot topshirdi.

Bu tarixda ilk bor – Diyor Imomxo'jaev davrida sodir bo'ldi. Imomxo'jaev PFLga kelganidan keyin va bosh direktor etib tayinlanganidan so'ng, jumladan, Diyor Abrorovichning o'zi aytganidek, «Umid Ahmadjonov O'FAga kelganida PFL ishlash tizimi tubdan o'zgargan, Abdusalom Azizov kelganidan keyin esa shaffoflik yuqori darajaga chiqdi». Mazkur moliyaviy hisobotdan keyingi xulosalar haqida «Championat.asia» sayti kolumnisti Og'abek Samisov so'z yuritadi.

O'zPFLning moliyaviy hisobotida aytilgan raqamli faktlar futbol uchun yaxshi, balki kim uchundir kichkina puldir. Masalan, «Paxtakor»ning kelib chiqishi turk, lekin shvecariyalik bo'lgan sobiq hujumchisi Eren Derdiyok yiliga 1,3 mln evro, boshqacha aytganda 16 mlrd 439 mln so'm maosh olgan. Diyor Imomxo'jaevning so'zlariga ko'ra esa, PFLga 2021 yilda 15 mlrd 725 mln 200 ming so'm pul kelib tushgan. Musobaqalar o'tkazish uchun 16 mlrd 618 mln 788 ming so'm mablag' sarflangan. Katta bir futbol klubning legioner hujumchisiga to'lagan maoshi bilan bir tashkilotning daromadi ko'p farq qilmas ekan. 

PFL shu mablag' bilan ham katta ishlarni, loyihalarni amalga oshira oldi. Xususan, o'tgan yili barcha musobaqalarda taqdirlash marosimlarini yaxshi saviyada o'tkaza oldi. Deylik, U-14 musobaqasidan tortib, O'zbekiston kubogigacha. Diyor Imomxo'jaev rahbarligidagi O'zPFL 2020 yilda karantindan keying chempionatni yaxshi yakunlab olgan edi, 2021 yilda esa ular bor resursdan yaxshi foydalana bilishdi. 

O'zPFL 2021 yilda musobaqa ishtirokchilari uchun qatnashchilik badallari miqdorini ilk bor 40−50 foizgacha kamaytirgan. Qo'shimchasiga, ayollar va futzal jamoalari ilk bor badal to'lashdan to'liq ozod qilingan. Sekin-asta kattalar futboli uchun ham badal pullari yo'qolib, aksincha, PFL har bir klubning egallagan o'rnidan kelib chiqib mukofot beradigan darajaga etishi kerak, menimcha. SHuningdek, Pro-ligadan Superligaga chiqqan jamoa ham qanchadir miqdorda mukofotlanishi kerak, ularga Superliga nafaqat yuqori cho'qqi, balki iqtisod tomonlama ham foyda bo'lishi zarur. 

Hozirgi sharoitda translyaciyalar orqali pul topish anchagina qiyin. Qachondir shu bosqichga ham etib kelinishi kerak, albatta. Yuqorida aytilgan fikrlarni O'zPFL rahbari va uning jamoasi yaxshi bilishiga, bundan kattaroq maqsadlarda ishlashayotganiga ishonaman. 

SHuningdek, o'yin davomida buzilgan tartib-intizom, klublar o'tasidagi kelishmovchilik janjallari uchun qo'llangan jarimalar tufayli futbolchi, klub va rasmiylar 494 mln 500 ming so'm pulni tashkilotga to'lab bergan.

Imomxo'jaevning takidlashicha, oldingi yillarda kelib tushgan jarima mablag'lari PFL faoliyatiga ishlatilgan. Endilikda, bu pullarni bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish uchun to'laligicha O'zbekiston futbol associaciyasiga o'tkazib beriladi.

Nodirxo'ja Yo'ldoshev o'zining Telegram-kanalida bu borada o'z shaxsiy taklifini bildirdi. Unga ko'ra, deylik Nasaf jazolandi, pul O'FAga emas, Qashqadaryo futbol associaciyasiga o'tkazib berilishi kerak. 

«Neftchi yoki Bunyodkor moliyaviy jazoga tortildi, Farg'ona va Toshkent shahar futbol associaciyasiga shu pullar o'tkazilsa, bu pullar to'g'ridan-to'g'ri yana o'sha klub manfaati yo'lida xizmat qilardi», - deb yozadi Nodirxo'ja Yo'ldoshev.

Ushbu taklif ham nazariy jihatdan o'zini oqlashi aniq. Agarda bu taklif amaliyotda qo'llaniladigan bo'lsa pullarning o'tkazib berilishidan tortib ishlatilishigacha nazorat bo'lishi kerak. Balki buni O'zPFL davlat organlari bilan hamohang ishlagan ravishda amalga oshirar.

Diyor Imomxo'jaevning malum qilishicha, endilikda yangi tashkilot — O'zbekiston futbol hakamlari markazi ochilish arafasida turibdi. Unda respublikadagi barcha katta futbol musobaqalarini yagona qoidalar asosida olib boradigan hakamlar nazorat qiladi. Menga qiziq, bu markaz alohida tashkilot bo'lib, masalan, PFL kabi nodavlat, notijorat tashkilot bo'larmikin? Hakamlar bilan bo'ladigan turli bahsli holatlar O'FA bilan kelishgan holda aynan shu hakamlar markazida ko'rib chiqilarmikin? Albatta, buni yangi tashkil etilajak markaz haqida batafsil malumot berilsa bilib olaveramiz. 

O'zi umuman o'tkazilgan taqdimot haqida ko'p narsa aytish mumkin. Diyor Imomxo'jaev hozirga qadar «O'zPFL direktori vazifasini bajaruvchisi» ekan. Ehtimol, v.b jumlasi olib tashlanib, to'liq tayinlanish vaqti kelgandir. Bu borada Imomxo'jaevning o'zi aytganidek, «bunga lozim topishsa, biror fikr kiritilar».


Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика