O'zPFL "Buxoro" - "Andijon" va "Xorazm" - "Dinamo" uchrashuvlari qaerda bo'lishini malum qildi
04 iyu 20:34
Yangiliklar
O'zPFL "Buxoro" - "Andijon" va "Xorazm" - "Dinamo" uchrashuvlari qaerda bo'lishini malum qildi
Unga ko'ra, "Buxoro" Samarqandda "Andijon"ga qarshi o'yinni mezbon sifatida o'ynaydi. Bahs 13 iyun kuni soat 20:00da start oladi.
"Xorazm" - "Dinamo" o'yini esa 15 iyun kuni Jizzaxda o'tkaziladi. Bu uchrashuv boshlanish vaqti 20:00ga belgilangan.
O'zPFL ushbu vaziyatga izox berib o'tdi:
"Xorazm" Superligaga qaytgan joriy mavsumidagi 6 ta uy uchrashuvini boshqa shaharlarda o'tkazishiga to'g'ri keldi. Jumladan, klub ikki uy uchrashuvida raqiblarini Toshkentdagi "Do'stlik" stadionida va yana shunchasini Jizzaxdagi "So'g'diyona" stadionida qabul qildi. OKMK hamda "Bunyodkor" klublariga qarshi uy o'yinlari esa raqibi maydonida bo'lib o'tdi.
Malumki, Buxoro shahridagi stadionning yoritish tizimi bilan bog'liq muammo hozirga qadar hal qilinmagan. Buning oqibatida "Buxoro" klubi Superliganing joriy mavsumidagi 5 ta uy uchrashuvidan 4 tasini Toshkentdagi "Jar" stadionida va yana 1 ta uchrashuvni raqibi "Bunyodkor" maydonida o'tkazishiga to'g'ri keldi".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar