So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  0 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  168 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  54 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  9 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

O'zPFL "Bobur Arena"dagi ishlarni ko'zdan kechirdi Yangiliklar

O'zPFL "Bobur Arena"dagi ishlarni ko'zdan kechirdi

Malumki, Andijondagi "Bobur Arena" stadionida keng ko'lamli rekonstrukciya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

SHu maqsadda kuni kecha O'zPFLdan klublarni licenziyalash va xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Zohirshox Akramxonov boshchiligidagi delegaciya tashrif buyurdi. 

Bundan ko'zlangan maqsad "Bobur Arena" stadionining Superliga uchrashuvlarini o'tkazishga tayyorligini baholash bo'yicha tekshiruv o'tkazishdir. 

Xabaringiz bor, maydon tayyor holatga keltirilgan. Bundan tashqari, projektor, kiyim almashtirish xonalari, media tribuna, televidenie kameralari o'rnatiladigan joylar, zaxira o'rindiqlari, doping nazorat xonasi, tibbiyot xonasi, komissar xonasi, hojatxona, sharhlovchilar xonasi, nazoratchilar xonasi, VIP hamda SIP tribunalar, barcha-barcha yo'nalishlar ko'zdan kechirildi. 

Mavjud kamchiliklar ko'rsatib o'tildi hamda ularni bartaraf etish bo'yicha tavsiyalar berildi. 28 iyul kuni Superliganing 14-tur doirasida "Andijon" "Nasaf" bilan bellashadi. Ushbu o'yinga bir hafta qolganida O'zPFL delegaciyasi "Bobur Arena" stadioniga yakuniy ravishda tashrif buyurishadi hamda stadion Superliga bahslariga tayyor yoki tayyor emasligi bo'yicha o'shanda qaror qabul qilinadigan bo'ldi. 

Eng asosiysi shundaki, O'zPFLning klub oldiga qo'yayotgan birinchi sharti – stadion yoritkich tizimi quvvatini 2000 lyuksga keltirish masalasi bo'lmoqda. SHuni takidlash kerakki, yangi yoritish tizimi uchun 240 dona zamonaviy lampalar Polshadan etkazib kelinishi bo'yicha "Andijon" futbol klubi tegishli tashkilot bilan shartnoma imzolagan. SHu kunlarda lampalar Andijonga etib keladi.    

Umid qilamizki, "Bobur Arena"da amalga oshirilayotgan rekonstrukciya ishlari o'z vaqtida bajariladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика