O'zbekistonning BAA hamda Qatarga qarshi uchrashuvlari uchun hakamlar tayinlandi
13 may 2025 15:48
Yangiliklar
O'zbekistonning BAA hamda Qatarga qarshi uchrashuvlari uchun hakamlar tayinlandi
Milliy jamoa iyun oyida 2026 yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida BAA va Qatar terma jamoalariga qarshi o'yin o'tkazishidan xabaringiz bor.
BAA – O'zbekiston uchrashuvini avstraliyalik Shon Evans boshqarib boradi, unga qanotlarda hamyurtlari Jorj Lakrindis va Ouen Goldrik yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida Jonatan Barreyro, VAR'da esa Aleksandr King ishlaydi.

Shuningdek, O'zbekiston – Qatar uchrashuvi xitoylik hakamlar brigadasiga ishonib topshirilgan. Bosh hakam – Ma Ning, unga qanotlarda Jou Fei va Jang Cheng yordam beradi. 4-rasmiy hakam Jin Jingyuan, VAR'da esa Fu Ming faoliyat olib boradi.

Eslatib o'tamiz, BAA – O'zbekiston uchrashuvi 5 iyun kuni 21:00 da boshlansa, O'zbekiston – Qatar bahsi 10 iyun kuni 18:45 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar