So’nggi yangiliklar

09:47Аморим "Спортинг"даги шогирдини МЮга олиб келмоқчи  1 09:23Превью. Абрамовнинг "Динамо"си Қосимовнинг ОКМКсини меҳмон қилади  7 08:56Слот кечаги ғалабдан сўнг нималар деди?  5 08:28Превью. "Навбаҳор" биринчи даврадаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш оладими?  11 07:57Суперлига. Бугун бизни ажойиб ўйинлар кутиб турибди  4 07:30Расман. "Ал Насср" яна бир юлдузни ўз сафига қўшиб олди  7 07:05Суперлига. "Пахтакор" "Сўғдиёна" жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди, Алижонов эса шедевр гол урди  0 02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  5 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  32 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  5 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  7 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2

O'zbekistonlik yosh futbolchilar "Futbol do'stlik uchun" loyihasidagi ishtiroklarini yakunlashdi Yangiliklar

O'zbekistonlik yosh futbolchilar "Futbol do'stlik uchun" loyihasidagi ishtiroklarini yakunlashdi

Avvlaroq, Ispaniyaning Madrid shahrida "Futbol do'stlik uchun" loyihasining Ettinchi mavsumi bo'lib o'tgani haqida xabar bergandik.

Mazkur loyihada o'zbekistonlik yosh futbolchilar ham ishtirok etishdi.

Loyiha Evropa, Osiyo, Afrika, Janubiy va SHimoliy Amerika mamlakatlaridan tashrif buyurgan jami 800 nafarga yaqin insonlarni birlashtirdi. Tadbirlarni dunyoga mashhur ommaviy axborot vositalarining 160 nafarga yaqin xodimlari yoritib borishdi.

"Futbol do'stlik uchun" loyihasi doirasida yosh futbolchilar futbol bo'yicha musobaqada ishtirok etishdi. Jahon hamjamiyati nigohini tabiatni muhofaza qilishga qaratish maqsadida jamoalar kamyob va yo'qolib ketish xavfida bo'lgan jonivorlar nomlari bilan ataldi.

Yosh futbolchilar musobaqalarda ishtirok etishdan tashqari Ginnesning yangi rekordini o'rnatishda ham ishtirok etishdi. Bir vaqtning o'zida maydonda 57 xil millat vakillari mashg'ulot olib borishdi. Bu holatni GUINNESS WORLD RECORDS® kompaniyasi hakami Anna Orford kuzatib bordi hamda rekord qayd etilganini tasdiqlovchi sertifikatni loyiha rahbari, «Gazprom» OAJ direktorlar kengashi raisi Viktor Zubkovga taqdim qildi.



Bundan tashqari, loyiha ishtirokchilari Madrid shahridagi "Wanda Metropolitano" stadionida bo'lib o'tgan Evropa CHempionlar ligasi finalini bevosita stadiondan tomosha qilishdi.

Loyiha doirasida bolalar futbolini rivojlantirish mavzusida xalqaro forum ham o'tkazildi. Ushbu forumda bolalar futbolidagi dolzarb masalalar haqida so'z yuritildi.

"Futbol do'stlik uchun" ajoyib loyiha bo'lib, bu loyiha ishtirok etishni, menimcha, butun dunyodagi bolalar istashsa kerak. Sport va ijtimoiy hayotni birlashtirgan loyiha yosh futbolchilarga o'z istedodlarini namoyon qilish, hayotda o'z yo'llarini topish va etakchiga aylanish imkoniyatini taqdim qiladi. Men ham mazkur loyihaning bir qismiga aylanganimdan juda xursandman", - dedi forumda qatnashgan jahon futboli yulduzi Roberto Karlos.



"Futbol do'stlik uchun" loyihasi ishtirokchilari eng ijtimoiy futbol klubga ovoz berishdi. Ovoz berish natijalariga ko'ra Angliyaning "Liverpul" klubi g'olib deb topildi. Avvalgi yillarda «Barselona» (Ispaniya), «Bavariya» (Germaniya), «Al-Vahda» (Suriya), «Real Madrid» (Ispaniya) va Braziliya terma jamoalari mana shunday so'rovnomada g'olib chiqishgandi.

Eslatib o'tamiz, "Futbol do'stlik uchun" loyihasining Ettinchi mavsumida O'zbekistondan Asilbek No'monov, Asadbek Ro'zimov, Abdulla Tursunboev hamda Marina Kosnikova ishtirok etishdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика