So’nggi yangiliklar

00:06"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  0 23:39Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  3 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  0 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  8 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  13 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  11 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4

O'zbekistonlik 30 nafar hakam Turkiyada yig'in o'tkazadi Yangiliklar

O'zbekistonlik 30 nafar hakam Turkiyada yig'in o'tkazadi

Teglar :  TurkiyaHakamlar
Yangi mavsumga xorijda tayyorgarlik ko'rish tobora odat tusiga kiryapti.

Bundan ko'zlangan maqsad, O'zbekistonda sovuq qish hukm surayotgan bir paytda Turkiya, BAA kabi mamlakatlarda havo ancha iliq, qor-yomg'ir muammoalari yo'q. Eng muhimi, dunyoning ko'plab mamlakatlarining nomdor klublari, hatto terma jamoalari ham shu erlarda jam bo'lishadiki, bu o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish, tarkibni nazorat qilib olish imkonini beradi.

Bir qator etakchi klublarimiz bu yil Turkiyaga safar etishni lozim topishdi. Endi navbat hakamlarimizga ham keldi. O'FF qoshidagi Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi mutasaddilarining say-harakatlari natijasi o'laroq 30 nafar hakamimiz o'n kunlik muddatda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish maqsadida Turkiya davlatining Antaliya shahriga safarga otlanishmoqda.

10-20 fevral kunlariga belgilangan yig'inda 13 nafar Referilarimiz va 17 nafar Assistentlarimiz ishtirok etishadi. Xorij delegaciyasiga O'FF Hakamlar va nazoratchilar  boshqarmasi boshlig'i Mamurjon Saidqosimov rahbarlik qiladi. Amaliy va nazriy mashg'ulotlarni FIFA yo'riqchisi Farhod Abdullaev, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha yo'riqchi Radik Xubbiev hamda koordinator Bobur Haydarov olib boradi.

Yig'in doirasida bir qator xorijiy mamlakatlar klublari ishtirokidagi o'rtoqlik uchrashuvlarini boshqarish bo'yicha hozirdan kelishuvlar boshlangan. SHulardan biri, 16 fevral kuniga Slovakiya va Tojikiston  mamlakatlarining 19 yoshgacha bo'lgan terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni aynan o'zbekistonlik hakamlar boshqarishi bo'yicha taklif olingan.

Turkiya safarida ko'plab tajribali hakamlarimiz qatnashmayapti. Sababi, ularning aksariyati shu muddatlarda o'tadigan Osiyo CHempionlar Ligasi uchrashuvlariga jalb etilgan. Aytaylik, R.Ermatov boshchiligidagi J.Saidov, A.Rasulov, SH.Qosimov guruhi 14 fevralda, V.Kovalenko rahbarligidagi R.Serazetdinov, A.Usmonov guruhi esa 21 fevralda Xitoyda o'tadigan OCHL uchrashuvlarini boshqarishga taklif etilgan. I.Tantashev boshchiligidagi T.Gaynulin va A.Capenko guruhi 13 fevralda Maldiv orollarida o'tadigan OFK Kubogi bahslariga biriktirilgan. Ravshan Ermatovning ayni paytda Qatar poytaxti Doxa shahrida tashkillashtirilgan seminarda qatnashayotganini ham malumot sifatida aytib o'tish joiz.

Yana bir gap, Turkiya safari oldidan ro'yxatga kiritilgan Aziz Asimovning safar oldidan xujjatlarida muammo paydo bo'lgani uchun uning o'rniga yana bir tajribali hakamimiz Hasan Ro'ziev boradigan bo'ldi.

Turkiyadagi yig'inda ishtirok etadigan hakamlarimiz:

Referilar
Zokirjon Qodirov              Navoiy
Viktor Serazitdinov          Toshkent
Vladislav Ceytlin                Toshkent
Hasan Ro'ziev                        Toshkent
Temurbek To'xtasinov          Andijon
Olimjon Tolibjonov        Toshkent
Axrol Risqullaev                Toshkent
Jasur Muxtorov                  Toshkent
Asker Najafaliev               Toshkent
Firdavs Norsafarov           Qashqadaryo
Olim To'ychiboev                  Farg'ona
Akobirxo'ja SHukurullaev  Toshkent
Rustam Lutfullin               Toshkent

Vladislav Ceytlin Toshkent

Assistentlar
Ziyodullo Abdurahmonov      Andijon
Timur Galeev                        Toshkent
Aleksandr Sidorov              Toshkent
Rishat Nugmanov                   Toshkent
Sanjar SHoyusupov               Toshkent
Obid Jumaev                        Navoiy
Ruslan Samandarov              Navoiy
Mo'minjon Majidov            Namangan
Rasuljon Fozilov               Namangan
Aleksandr Burov                  Buxoro
Ravil SHayaxmetov                Toshkent
Artem Kalinin                     Qashqadaryo
Anvarjon Marajabov          Andijon
Ravshan Kapadze                    Farg'ona
Doniyor Saylavov                  Toshkent
Olimjon Abduvasilov         Toshkent
Husniddin SHodmonov          Buxoro.

Eslatib o'tamiz, shu yilning o'zida Antaliyada Tailand, Belarus, Qirg'iziston kabi davlatlarning hakamlari ham yig'in o'tkazishgan.  8 fevraldan 60 nafarli delegaciyasi bilan rossiyalik hakamlar ham tashrif buyurishmoqda.

Hakamlarimiz Antaliyaga 10 fevral tongida Toshkent-Istambul-Antaliya yo'nalishi bo'yicha safarga otlanishadi.        

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика