O'zbekistonga qarshi maydonga tushadigan Boliviyaning o'rtoqlik uchrashuvlari uchun tarkibi
24 mar 2023 14:04
Yangiliklar
O'zbekistonga qarshi maydonga tushadigan Boliviyaning o'rtoqlik uchrashuvlari uchun tarkibi
Avvalroq biz O'zbekiston terma jamoasining Boliviya va Venesuela qarshi o'yinlar uchun qaydnomasini chop etgandik. Raqib qaydnomasidan kimlar o'rin olgan, degan savol ochiq qolayotgandi.
Etiboringizga bosh murabbiy Gustavo Kostas tarkibga kiritgan futbolchilar ro'yxatini taqdim etamiz.
Boliviyaning bo'lajak bahslar uchun tarkibi:
Darvozabonlar: Karlos Lampe (Bolivar), Gilermo Viskarra (Strongest), Ruben Kordano (Bolivar)
Himoyachilar: Xose Sagredo (Bolivar), Adrian Xusino (Strongest), Roberto Fernandes (Bolivar), Xayro Kinteros (Saragosa, Ispaniya), Diego Medina (Alvays Redi), Karlos Roka (Strongest), Leonardo Zabala (Santos, Braziliya), Yomar Rocha (Bolivar), Marselo Suares (Vilsterman);
Yarim himoyachilar: Denni Bexarano (Lamiya, Greciya), Ramiro Vaka (Bolivar), Boris Sespedes (Servette, SHveycariya), Xayme Arraskaita (Strongest), Gabriel Villamil (Bolivar), Migel Terseros (Santos, Braziliya), Alvaro Kiroga (Strongest), David Ribera (Royal Pari), Luchano Ursino (Strongest);
Hujumchilar: Marselo Martins (Serro Porteno Paragvay), Karmelo Algaranaz (Bolivar), Jeyson CHura (Strongest), Jaume Kuelyar (Lugo, Ispaniya), Lukas CHaves (Bolivar).
Terma jamoaning so'nggi o'yinlari
Peru — Boliviya 1:0
Senegal — Boliviya 2:0
Boliviya — Braziliya 0:4
Kolumbiya — Boliviya 3:0
Boliviya — Braziliya 2:3
O'yin tafsilotlari, translyaciyaga bog'liq malumotlar kun davomida saytimiz orqali havola qilinadi.
Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz Saudiyadagi yig'in doirasida ikkinchi o'rtoqlik o'yinini 28 mart kuni Venesuelaga qarshi o'tkazadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar