So’nggi yangiliklar

09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  0 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  6 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  9 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  1 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  6 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  10 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  2 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  2 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  6 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  9 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  3

O'zbekistonga mag'lub bo'lgach arab sayti BAA termasini tanqid qildi Yangiliklar

O'zbekistonga mag'lub bo'lgach arab sayti BAA termasini tanqid qildi

12 oktyabr kuni o'tkazilgan BAA - O'zbekiston o'rtoqlik uchrashuvida vakillarimiz 2:1 hisobida zafar quchishdi.

O'yindan so'ng ko'p o'tmay Arabnews.com sayti ushbu bahs haqida maqola chop etib, terma jamoa va bosh murabbiyni tanqid qildi. Maqolada shunday deyiladi: 

"BAA terma jamoasi koronavirus sabab yil boshidan beri endi birinchi marta yig'ilib o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi va O'zbekiston bilan kechgan bahsda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Malumki, aprelda terma jamoaning avvalgi murabbiyi Ivan Yovanovich birorta o'yin o'tkazmasdan istefoga chiqarilgan, shundan so'ng terma jamoani kolumbiyalik mutaxassis Xorxe Luis Pinto qabul qilib olgandi".

"Endilikda ushbu mutaxassis oldiga BAAni jahon chempionatiga olib chiqish vazifasi qo'yilgan. Terma jamoaning JCH saralashdagi ishlarini maqtab bo'lmaydi. Amirlik futbolchilari o'tgan yil Tailand va Vetnamga imkoniyatni boy bergach, Bert van Marveyk istefoga chiqarildi. BAA termasi ayni paytda o'z guruhida 4-o'rinda boryapti".

"O'zbekiston bilan kechgan o'yin Pinto uchun dastlabki uchrashuv bo'ldi. Mazkur bahsda kolumbiyalik murabbiy BAA pasportini qo'lga kiritgan ikki nafar Janubiy amerikalik futbolchini maydonga tushirdi: argentinalik Sebastyan Tagliabu hamda braziliyalik Fabio Lima. Buning natijasida terma jamoada ko'p vaqtdan beri o'ynab kelayotgan Omar Abdulrahmon, Ali Mabxut va Ahmad Xalil chetda qolishdi".

"O'yin boshlanishi bilanoq BAAda o'yin yo'qligi ko'rinib qoldi. Mahalliylashtirilgan legionerlar ham hech narsa qila olmadi. O'zbekiston terma jamoasi esa aksincha juda uyushqoq harakat qildi. Xorxe Pinto bu o'yinda yana bir futbol faxriysi Ismoil Ahmadni maydonga tushirdi. Lekin bu futbolchining yulduzli onlari ortda qolgan ko'rinadi. BAA "oltin avlodi"dan biri Ismoil Ahmad 2012 yil London Olimpiadasida ishtirok etgan, 2013 yil Ko'rfaz Kubogida zafar quchgan va 2015 yil Osiyo Kubogida bronza medallarga ega chiqqan. Ammo shundan beri vaqt o'tdi".

"Ko'rinib turibdiki, Xorxe Pinto uchun oson bo'lmaydi, chunki jamoa juda og'ir harakat qildi. Jamoaviy o'yin ko'rinmadi. Ikki nafar yangi futbolchiga hali vaqt kerakka o'xshab qoldi. Lekin afsuski, Pinto uchun etarlicha vaqt yo'q. U zudlik bilan o'zgarishlarni amalga oshirmasa bo'lmaydi. O'zbekiston bilan kechgan bahsda maydonga tushgan boshlang'ich tarkibning yoshi 29ni tashkil etdi. Bu ham alohida mavzu. Murabbiy buyog'iga qatiy qaror chiqarishi kerak: terma jamoa faxriylar bilan zerikarli o'yin ko'rsatishda davom etadimi yoki g'alabaga chanqoq yoshlar bilan mundialga chiqishga urinib ko'radimi. Yaqin oylar ichida Pinto shu savolga javob bersa ajab emas".

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика