APL klublari 2026 yildan boshlab bukmekerlarni liboslari old tomonida reklama qilmaslikka kelishib olishdi
13 apr 2023 17:21
Yangiliklar
APL klublari 2026 yildan boshlab bukmekerlarni liboslari old tomonida reklama qilmaslikka kelishib olishdi
APL jamoalari futbolkalarining old tomonida bukmekerlik firmalari reklamasini ko'rsatmaslikka qaror qilishdi.
Liga klublari bugun o'z formalarining old qismidan bukmekerlik kontoralari reklamasini olib tashlash qarorini elon qilishdi. Buning sababi – "stavka"lar reklama miqdorini kamaytirish istagi.
Kelishuv 2025/26 yilgi mavsum oxirida kuchga kiradi. Klublar ungacha amaldagi kelishuvlarini ko'rib chiqish imkoniyatiga ega.
"The Times" jurnalisti Martin Ciglerning yozishicha, 20 ta klubdan 18 tasi yoqlab ovoz bergan, 2 ta jamoa betaraf qolgan. Biroq futbolkalarning engidagi reklamaga baribir ruxsat beriladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar