So’nggi yangiliklar

02:24Италия кубоги. "Милан" "Лечче"га қарши учрашувда навбатдаги ишончли ғалабасини қайд этди  0 02:20Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Леванте"ни йирик ҳисобда таслим этди  9 02:10Англия лига кубоги. "Ливерпуль" ва "Челси" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  1 00:55Расман: Гави жароҳат туфайли узоқ муддатга сафдан чиқди  2 00:30Кейн Англияга қайтмишни режалаштирмаяпти  2 23:54"Барселона"га "Камп Ноу"да ўйнашга рухсат беришмади. Стадионда хавфсизлик билан боғлиқ муаммолар мавжуд бўлиши мумкин  1 22:52Ўзбекистон U-16 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Венгрияга ютқазди  2 22:27Биринчи лига. "Локомотив"лардан 5тадан гол, Бухоро дербисида талабалар ғолиб ва бошқа натижалар  0 22:03Неймар "Олтин тўп" натижалари ҳақида: "Рафиньянинг 5-ўринда туриши - шунчаки масхарабозлик"  12 21:35U-21 биринчилиги. Пешқадамлардан дуранглар, Фарғонада 4:4 ва бошқа натижалар  0 20:54Лапорта "Реал"нинг "Олтин тўп"ни бойкот қилиши ҳақида: "Спортда ютқазишни ҳам билиш керак"  46 20:25FIFA клубларни қўллаб-қувватлаш дастурини эълон қилди. Суперлига клублари қанча пул ишлаб олади?  2 20:00Аморим: "Моуринью – португалиялик энг яхши мураббий"  0 19:38"Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашуви чипталари қачон сотувга чиқади?  7 19:13"France Football" бош муҳаррири: "Дембеле "Олтин тўп" учун сўровномада катта устунлик билан ғалабага эришди"  7

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azolari "Lacetti Gentra" avtomobili bilan taqdirlanishdi. Yaqin yillarda terma jamoadan yana kimlar "toychoqli" bo'lgandi? Yangiliklar

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azolari "Lacetti Gentra" avtomobili bilan taqdirlanishdi. Yaqin yillarda terma jamoadan yana kimlar "toychoqli" bo'lgandi?

Xabaringiz bor, U-20 Osiyo Kubogida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi chempionlikni qo'lga kiritdi.

20 mart sanasida g'oliblarni munosib taqdirlash maqsadida Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida maxsus marosim tashkillashtirildi. Jamoa azolariga sovg'a sifatida umumiy hisobda 33 ta "Lacetti Gentra" avtomashinalari kalitlari topshirildi. 

U-20 Osiyo Kubogi g'oliblarini taqdirlash marosimidan GALEREYA

SHu munosabat bilan, yaqin yillarda o'zbekistonliklarning tarixiy natijalari evaziga avtomobil bilan taqdirlanganini yodga olamiz.

1994 yil 

O'zbekiston mustaqillikka erishgach, ilk yirik turnirlardan biri — Yaponiyaning Xirosima shahridagi Osiyo o'yinlarida g'alaba qozonadi. "B" guruhidan o'rin olgan Rustam Akramov shogirdlari guruh bosqichida Saudiya Arabistoni (4:1), Malayziya (5:0), Gongkong (1:0) va Tailand (5:4) ustidan zafar quchgan bo'lsa, keyingi o'yinlarda Turkmaniston (3:0), Janubiy Koreya (1:0) va Xitoy (4:2)ni mag'lub etadi.

Xabarlarga ko'ra, Xirosimadagi g'oliblikdan keyin terma jamoaning barcha azolariga vada qilingan "Tico" avtomobilidan besh donasi berilgan va qolganlarga 1,5 ming dollar atrofida mukofot puli va faxriy yorqliqlar taqdim qilingan.

"Tico"lar bosh murabbiy Rustam Akramov, "eng yaxshi darvozabon" sifatida Yuriy SHeykin, "eng yaxshi hujumchi" sifatida Igor SHkvirin, "eng yaxshi o'yinchi" sifatida Mirjalol Qosimov va jamoa sardori sifatida Farhod Magometovga nasib etgan.

2011 yil

2011 yilning yozida Aleksey Evstafeev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Meksikada o'tkazilgan 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatida chorak finalga qadar etib bordi.

O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2011 yil 11 iyuldagi farmoyishiga ko'ra, o'z tarixlarida ilk bor jahon chempionatining chorak finaliga chiqishga muvaffaq bo'lgan futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azolari engil avtomobillar va esdalik nishonlari bilan taqdirlandi.

Poytaxtdagi Olimpiya shon-shuhrat muzeyida o'tkazilgan tantanali marosimda jamoaning barcha azolari, jumladan, delegaciya rahbari, murabbiylar, shifokor, massaj terapevti va press-attashega “O'zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishoni topshirilgan.

SHuningdek, 13 nafar futbolchi — G'anisher Xolmurodov (darvozabon), Sardor Rahmanov (himoyachi), Javlon Mirabdullaev (himoyachi), Muhsin Ubaydullaev (himoyachi), Ravshan Haydarov (himoyachi), Asil Mansurov (himoyachi), Abbos Maxstaliev (yarim himoyachi), Sardor Sobirxo'jaev (yarim himoyachi), Davlat Yorbekov (yarim himoyachi), Bobir Davlatov (yarim himoyachi), Aziz Murodov (yarim himoyachi), Xolmurod Xolmurodov (yarim himoyachi) va Timur Hakimov (hujumchi) yangi mashinalarni qabul qilib olishgan.

Terma jamoa murabbiylari Aleksey Evstafeev va Ahmadjon Musaevlar esa "Lacetti" rusumidagi engil mashinalar bilan taqdirlangan.

2018 yil

Xitoyda o'tkazilgan U-23 Osiyo chempionatida ishtirok etgan Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi musobaqaning ilk turida Qatarga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berganiga qaramasdan, kelgusi o'yinlarda g'alabali yurishni amalga oshiradi va Xitoy (1:0), Ummon (1:0), Yaponiya (4:0), Janubiy Koreya (4:1) hamda Vetnam (2:1)ni mag'lub etib, qita birinchiligi chempioniga aylanadi.

U-23 Osiyo chempionati g'oliblari 2018 yilning 28 yanvardan 29 yanvarga o'tar kechasi Toshkentga etib kelishdi.

CHempionlar o'tirgan samolyot 28 yanvar kuni 23:50 da Islom Karimov nomidagi Toshkent aeroportiga qo'ndi.

Olimpiya terma jamoasini aeroport oldida yuzlab muxlislar va to'rtta ikki qavatli avtobus kutib oldi.

CHempionlarni kutib olishdi va ularga Malibu mashinalarini topshirishdi (FOTOGALEREYA)

Xitoydagi turnirda g'olib bo'lgan har bir futbolchiga mamlakat Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan Chevrolet Malibu-2 mashinalari sovg'a qilindi.

Unga ko'ra, 22 nafar futbolchining har biri mazkur rusumdagi mashinaning oq, 4 nafar murabbiy esa qora ranglisini qabul qilib oldi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика