O'zbekiston va Yaponiya olimpiya terma jamoalari o'zaro o'yinlar tarixi. "Samuray"lar bizni mag'lub eta olishmagan
03 may 18:56
Yangiliklar
O'zbekiston va Yaponiya olimpiya terma jamoalari o'zaro o'yinlar tarixi. "Samuray"lar bizni mag'lub eta olishmagan
U23 Osiyo chempionati 2018 yil, Xitoy
2018 yili yanvar oyida o'tkazilgan musobaqada Olimpiada yoki jahon chempionatiga yo'llanma berilmas edi. SHu sababli, qitamizda ushbu musobaqaga etibor kam bo'lgandi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamiz "A" guruhidan joy oladi va Qatar, O'mon, Xitoy kabi mamlakat vakillari bilan guruhdan chiqish uchun bellashadi. Dastlabki uchrashuvda Qatarga mag'lub bo'lib, keyinchalik esa Xitoy va O'mon terma jamoalarini bir hil 1:0 hisobida taslim qilgan Ravshan Haydarov shogirdlari, yakunda chempionlikni nishonlashadi. O'yindan o'yinga kuchayib borayotgan olimpiyachilarimizni chorak finalda Yaponiya kutardi. Ochig'i, qanday musobaqa bo'lmasin “samuraylar”dan hadikib turardik. Ular turnirga ancha kichik yoshdagi futbolchilar bilan kelgan bo'lsada, kuchsiz deyish noo'rin edi. Boz ustiga ikki terma jamoa Tailandagi o'rtoqlik turnirida finalda to'qnash kelgan, bir birini yaxshi bilardi. Raqibga imkoniyat qoldirmagan jamoamiz azolari birinchi bo'limdayoq barchasini to'rtta gol urib hal qilishadi. Jasur Yahshiboevning dubli va Sidiqov, Hamdamovning gollari "samuray"larni tasli etadi, yakuniy hisob 4:0.
Yaponiya - O'zbekiston 0:4 (0:3)
Gollar: Javohir Sidiqov 31, - 0:1. Dostonbek Hamdamov 34, - 0:2. Jasurbek Yaxshiboev 39, - 0:3. Jasurbek Yaxshiboev 47, - 0:4.
Yaponiya - 1.Ryosuke Kojima, 2.So Fujitani, 7.Teruki Xara, 9.Kyosuke Tagava, 11.Keyta Endo, 13.Yuto Ivasaki (18.Daizen Maeda, 46), 14.Takagi Akito (10.Koji Miyoshi, 46) , 16.SHion Inoue (21.Xiroki Ito, 68), 17.Yuta Kamiya, 20.Taiyo Koga, 22.Yugo Tatsuta.
O'zbekiston - 1.Botirali Ergashev, 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akromjon Komilov, 5.Abbosjon Otaxonov, 6.Azizjon G'aniev, 7.Odiljon Hamrobekov (14.Abdujamol Isroilov, 86), 8.Jasurbek Yaxshiboev, 9.Zabihillo O'rinboev (16.Doniyor Narzullaev, 82), 10.Javohir Sidiqov (22.Bobur Abdixoliqov, 75), 17.Dostonbek Hamdamov, 20.Dostonbek Tursunov
- "Avvalo barcha o'zbekistonliklarni bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Biz bu g'alabani kecha noxush voqea sabab halok bo'lgan yurtdoshlarimizning oila azolariga bag'ishlaymiz. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, birinchi bo'limni juda yaxshi o'tkazdik. CHunki biz Yaponiya to'p bilan qanday o'ynashini bilardik, shu bois ularga pressing qilgan holda to'pni olib qo'yishga harakat qildik. Biz haqli g'alabani qo'lga kiritdik va keyingi bosqichga yo'l oldik" - deya fikr bildirgandi Ravshan Haydarov uchrashuvdan so'ng
U23 Osiyo kubogi 2022 yil, O'zbekiston
Yaponiya olimpiya terma jamoasiga qarshi tarixdagi ikkinchi to'qnashuvimiz esa ikki yil avval mamlakatimizda o'tkazilgan Osiyo kubogiga to'g'ri kelgan. Timur Kapadze boshchiligidagi U23(asli U21) terma jamoamiz ushbu musobaqaning "A" guruhida Qatar, Eron, Turkmaniston terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgandi. Dastlabki turda, Turkmanistonni kichik 1:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsak, ikkinchi turda Qatarni 6:0 hisobida "tor-mor" etganmiz. Qarshida o'tkazilgan uchinchi tur bahsi Eron vakillariga qarshi kechgan uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan edi. Musobaqaning chorak final bosqichida esa Iroq bilan to'qnash kelgan yigitlarimiz "dramatik" kechgan bahsning asosiy vaqtida durang qayd etishgandi (2:2). G'olibni aniqlash uchun esa penaltilar seriyasiga murojat qilingan va yakunda, O'zbekistonlik futbolchilar 11 metrlik jarimadan unumliroq foydalanishgan. "Bunyodkor" stadionida o'tkazilgan yarim final bahsi o'zbekistonlik muxlislarsiz o'tgan. Bunga sabab, Iroqqa qarshi kechgan uchrashuvda mahalliy muxlislar uyushtirgan ommaviy tartibsizlik. Esizngizda, bo'lsa o'shanda muxlislar raqib futbolchilarini toshbo'ron qilishgandi. Kurashlarga boy o'tgan uchrashuvda esa O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 2:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Jasur Jaloliddinov va Husayn Norchaevning gollari 2:0 hisobidagi g'alabamizni taminlagan. Finalda esa, Saudiya Arabistoni terma jamoasiga 2:0 hisobida mag'lub bo'lgandik.
O'zbekiston U-23 — Yaponiya U-23 2:0
Gol: 60 - Jasur Jaloliddinov, 89 - Husayn Norchaev (Diyor Xolmatov)
O'zbekiston U-23: 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 3.Doston Tursunov (6.Jaloliddin Sodiqov,71), 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Hojimat Erkinov (20.Ruslanbek Jiyanov,71), 9.Ulug'bek Hoshimov (14.Abbosbek Fayzullaev, 76), 10.Jasur Jaloliddinov (14.Abbosbek Fayzullaev,76), 15.Odilbek Abdumajidov, 17.Diyor Xolmatov, 19.Husayn Norchaev, 23.Abdurauf Bo'riev
Zaxira: 21.Hamidullo Abdunabiev, 4.Abubakr Rizo Turdialiev, 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 13.Eldor Begimov, 16.SHahzod Toirov, 21.Hamidullo Abdunabiev, 22.Alisher Odilov
Yaponiya U-23: 12.Zion Suzuki, 3.Seyya Baba, 6.Daiki Matsuoka (7.Rihito Yamamoto,58), 8.Joel CHima Fujita, 9.SHota Fujio, 10.Koki Saito (13.Kein Sato,58), 11.Mao Hosoya, 16.Takashi Uchino, 17.Hijiri Kato, 18.Yuito Suzuki, 22.Anri CHase
Zaxira: 1.Kokubo Leobrian, 2.Riku Handa, 5.Seiji Kimura, 19.Kuryu Matsuki, 21.Taika Nakashima.
Ogohlantirish: 10 - Yuito Suzuki, 39 - SHota Fujio — 62 - Abdurauf Bo'riev.
"- Hamma sirlarni ocha olmaymiz. Barchasi taktik ishlanmalardan kelib chiqib sodir bo'ldi. Biz shu orqali ularni mag'lub etishga erishdik. Muxlislarning kiritilish-kiritilmasligi kecha ham noaniq edi. Ammo afsuski, ularsiz o'yin o'tkazdik. Muxlislar bilan o'ynasak, yanada yaxshi bo'lardi. Maqsadimiz yuqori edi. SHunchaki yutishimiz lozim edi, chunki o'z uyimizdamiz. Muxlislar uyda va stadion tashqarisida bizni qo'llab-quvvatlashini bilardik. Bunaqa o'yinlarni bir o'yin hal qiladi. Ko'rdingiz, birinchi taymda bizda 1-2 ta imkoniyat bo'ldi, Yaponiyada esa umuman vaziyatlar yo'q edi. Biz Yaponiyaning xatolaridan unumli foydalandik. Jaloliddinovning golidan keyin hammasi ijobiy tarafga o'zgardi. Albatta, ham yarim final, ham finalni "Paxtakor"da o'tkazishni xohlagandik. CHunki maydon holatini ko'rib turibsiz. Yaxshi maydon va havo futbolchilar uchun juda zarur. Dim havo futbolchilarga salbiy tasir qiladi. Futbolchilar maydon og'ir ekanligini aytishadi. "Paxtakor"da hammasi engilroq. Afsuski, OFKning talablari tufayli yarim final "Bunyodkor"da o'tdi. Menimcha, final ham shu erda bo'lib o'tadi. Finalda ekanligimizdan juda ham xursandmiz. Oldimizga eng yuqori maqsadni qo'yganmiz. Nasib bo'lgani bo'ladi. Final bitta o'yindan iborat. Saudiya Arabistoni kuchli ekanligini yaxshi bilamiz. Yoshlarimiz bu turnirda g'olib bo'lgan. Biz ham muxlislarimizni shod etishga astoydil harakat qilamiz" - deya fikr bildirgandi Timur Kapadze o'sha bashdan so'ng
Abdulvosit Bektemirov tayyyorladi
Fikrlar