O'zbekiston U23 Osiyo Kubogida 4-o'rinni olsa ham Parijga boradi, biroq musobaqada ishtirok etmasligi mumkin
30 mar 2024 17:09
Yangiliklar
O'zbekiston U23 Osiyo Kubogida 4-o'rinni olsa ham Parijga boradi, biroq musobaqada ishtirok etmasligi mumkin
Qatarda 15 apreldan 3 maygacha 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo Kubogi bo'lib o'tadi.
Ushbu turnirda medal qo'lga kiritgan jamoalar (oltin, kumush, bronza) Parij-2024 Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritishadi. 3-o'rin uchun bahsda mag'lub bo'lgan jamoa (4-o'rin sohibi) Afrika Kubogining 4-o'rin egasi Gvineya bilan so'nggi yo'llanma uchun kurash olib boradi.
Oxirgi "chipta" uchun bahs Olimpiada o'tkaziladigan Parijning o'zida bo'lib o'tadi. Uchrashuv 9 may kuni mahalliy vaqt bilan 14:00da start oladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi U23 Osiyo Kubogida Vetnam, Kuvayt va Malayziya bilan bir guruhdan o'rin olgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar