O'zbekiston U-23 terma jamoasining uch nafar futbolchisi "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlandi
29 iyu 2022 20:23
Yangiliklar
O'zbekiston U-23 terma jamoasining uch nafar futbolchisi "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlandi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mard o'g'lon" davlat mukofoti bilan taqdirlash to'g'risida"gi qarori hamda "Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida"gi Farmoni elon qilindi.
Unga ko'ra, O'zbekiston taraqqiyotiga, uning shon-shuhratini jahon miqyosida yanada yuksaltirishga munosib hissa qo'shayotgan, el-yurtimizga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga har tomonlama o'rnak bo'lib kelayotgan quyidagi tashabbuskor va etakchi yoshlarning bir guruhi "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlandi. Ular orasida yaqinda O'zbekiston U-23 terma jamoasi bilan 23 yoshgacha bo'lgan Osiyo kubogi finaligacha etib borgan futbolchilar ham bor.
Jumladan, Jasurbek Jaloliddinov, Hojimat Erkinov va Husayn Norchaev ushbu medal bilan taqdirlandi.
Futbolchilarimizni mukofot sohibi bo'lgani bilan tabriklaymiz hamda kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar