So’nggi yangiliklar

00:35Жюль Кунде терма жамоа йиғинларидаги образи бўйича бирдирилган танқидларга жавоб берди  0 23:55Иньеста "Барса" ва "Реал" рақобати чўққига чиққан пайтда Испания термасидаги муҳит ҳақида гапирди  0 23:26Эрлинг Холанд Габриэлнинг бошига тўп улоқтирганидан афсусланмаслигини айтди  0 22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  8 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  3 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  8 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  13 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  5 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  6 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  1 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  1 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  25 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  6

O'zbekiston U-23. Kapadze kimlarni chaqirdi va kimlarni chaqirmadi? Kimlar Osiyo chempionatida qatnashmaydi? Yangiliklar

O'zbekiston U-23. Kapadze kimlarni chaqirdi va kimlarni chaqirmadi? Kimlar Osiyo chempionatida qatnashmaydi?

1 iyun kuni O'zbekistonda U-23 Osiyo chempionati bahslari start oladi.

Kecha O'zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ushbu musobaqadan oldingi yig'inga chaqirilgan 30 nafar futbolchi nomini elon qildi.

Kengaytirilgan ro'yxat:
Darvozabonlar –
Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Vladimir Nazarov ("Olimpik"), SHukron Yuldashev ("Olimpik"), Hamidullo Abdunabiev ("Olimpik")

Himoyachilar – Abubakr Rizo Turdaliev ("Olimpik"), Dostonbek Tursunov ("Olimpik"), Muhammadqodir Hamraliev ("Olimpik"), Eldorbek Begimov ("Olimpik"), Saidazamat Mirsaidov ("Olimpik"), Sunnatulloh Hamidjonov ("Olimpik"), SHahzod Toirov ("Olimpik"), Alibek Davronov ("Nasaf"), Odilbek Abdumajidov ("Ordabasi", Qozog'iston), Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Nijniy Novgorod", Rossiya), Abubakir Ashurov ("Paxtakor")

Yarim himoyachilar – Abbosbek Fayzullaev ("Paxtakor"), Abdurauf Bo'riev ("Olimpik"), Davron Anvarov ("Olimpik"), Jasurbek Jaloliddinov ("Qayrat", Qozog'iston), Diyor Xolmatov ("Paxtakor"), Farruxbek Muxtorov ("Olimpik"), Ibrohim Ibragimov ("Metallurg")

Hujumchilar – Alisher Odilov ("Olimpik"), Otabek Jo'raqo'ziev ("Olimpik"), Ulug'bek Hoshimov ("Neftchi"), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Husayn Norchaev ("Nasaf"), Ruslanbek Jiyanov ("Olimpik"), Temur Mamasidiqov ("Olimpik"), Muhammadali G'iyosov ("Olimpik")




Abduvohid Nematov, IbrohimHalil Yo'ldoshev, Jasur Jaloliddinov, Hojimat Erkinov, Husayn Norchaev kabi futbolchilar allaqachon milliy terma jamoada o'ynash tajribasiga ega bo'lishgan.

2003 yilda tug'ilgan Abubakir Ashurov va Abbos Fayzullaev ro'yxatdagi eng yosh futbolchilar hisoblanadi.

Kengaytirilgan ro'yxatdan terma jamoa bazasi hisoblangan "Olimpik" klubidan 18 nafar futbolchi joy oldi. "Paxtakor"dan 4, "Nasaf"dan 3, "Metallurg" va "Neftchi"dan 1 nafardan futbolchi yig'inga jalb etildi. Ro'yxatdagi uch futbolchi ayni paytda xorij klubida o'ynamoqda: Yo'ldoshev "Nijniy Novgorod", Jaloliddinov "Qayrat" va Abdumajidov "Ordabasi".

Ayni paytda o'z klubida ozmi-ko'pmi o'ynayotgan, jarohati yo'q bo'lgan quyidagi futbolchilar kengaytirilgan ro'yxatdan quyidagi futbolchilar joy olishmadi: Umarali Rahmonaliev ("Bunyodkor"), Nurmuhammad Toshpo'latov ("Lokomotiv"), Murodjon Rahmatov ("Nasaf"), Bektemir Abdumannonov ("Olimpik"), Abduqodir Husanov ("Energetik-BGU", Belarus), Igor CHikrizov, SHahzod Akramov ("Nasaf").

Osiyo chempionati uchun har bir jamoa 23 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazadi. Yani kengaytirilgan ro'yxatdagi 7 futbolchi Osiyo chempionatida ishtirok eta olmaydi. Bizning taxminimizga ko'ra, SHukron Yuldashev, Abubakir Ashurov, Sunnatilloh Hamidjonov, Muhammadali G'iyosov va yana uch futbolchi yakuniy ro'yxatga kirmasa kerak. Yani Timur Kapadzeni oldinda yoqimli bosh og'riq kutib turibdi.


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика