So’nggi yangiliklar

10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  1 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  3 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  10 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  5 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10

Osiyo chempionati saralashini yirik g'alaba bilan boshladik. Hindiston U-23 - O'zbekiston U-23 - 0:3 Yangiliklar

Osiyo chempionati saralashini yirik g'alaba bilan boshladik. Hindiston U-23 - O'zbekiston U-23 - 0:3

Bugun U-23 Osiyo chempionati saralashi doirasidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi Hindiston U-23 terma jamoasi bilan o'ynadi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



O'YIN TUGADI! Hindiston - O'zbekiston 0:3

90+2. ZARBA! Oston O'runovning kuchli zarbasi noaniq ketdi

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi

89. Bobir Abdixoliqov o'yindan tashqari holatda gol urdi, hakamlar golni inobatga olishmadi

88. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA! Komal Tatalning kuchli zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi 



82. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Bobir Abdixoliqov hisobni yiriklashtirdi 0:3!

79. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Bobir Abdixoliqov jarima maydoni ichida sheriklari uzatgan to'pni osongina darvozaga joylab qo'ydi - 0:2


68. Bobir Abdixoliqov va Jasurbek Yaxshiboev tushgach hujumlarimiz soni keskin oshdi

66. Vakillarimiz tashabbusni qo'lga olishdi. Ketma ket uchta hujum qildik

64. O'zgarish. O'zbekiston. Mirjahon Mirahmadov o'rniga Jasurbek Yaxshiboev tushdi

57. Xavfli vaziyat! Mirjahon Mirahmadov birga bir vaziyatga chiqishga urindi, ammo darvozabon undan chaqqonroq harakat qildi



55. O'zgarish. Hindiston. Rahul Kannoli Pravin o'rniga Komal Tatal tushdi

52. O'zgarish. O'zbekiston. Azizbek Omonov o'rniga Bobir Abdixoliqov tushdi

47. Ikkinchi taymni Hindiston hujumkor tarzda boshladi. Bu yangilik emas, dastlabki 45 daqiqada ham raqiblar juda faol o'ynashdi

46. Ikkinchi taym boshlandi




45. Birinchi taym tugadi.

45. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ISLOM QOBILOV! Penaltidan hisobni ochdi 0:1! 



44. Penalti! Ilhom Alijonov raqib jarima maydoni ichida yiqitildi va penalti ishladi! 

42. ZARBA! Islom Qobilov burchakdan oshirilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroz noaniq!



41. Islom Kenjaboev juda ko'p fint ishlatib yubormoqda

40. Birinchi taymda hisobni ochib olish kerak

35. Bizning yigitlar negadir hujumga o'tishda qiynalishmoqda

30. Ko'pchilik tomonidan autsayder sifatida qaralgan Hindiston dastlabki yarim soatda juda erkin o'ynamoqda

23. Hujumchimiz Mirjahon Mirahmadov ikki marta ketma ket yaxshi vaziyatdan foydalana olmadi



19. XAVFLI VAZIYAT! Hozir Hindiston terma jamoasi hisobni ochish uchun 100 foizli imkoniyatga ega bo'ldi. Rahul Konnoli birga bir vaziyatdan foydalana olmadi!

13. ZARBAAAAAAAAAA! Hindistondan yana bir xavfli hujum, Rahul Konnoli tomonidan uzatilgan to'pni Umidjon Ergashev qaytardi

12. Vakillarimiz burchak to'piga ega bo'lishdi, ammo samara bo'lgani yo'q.



10. ZARBA! Islom Kenjaboev zarba berdi, noaniq! 

7. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! Sal qolsa Hindiston hisobni ochishi mumkin edi! Anirut Tapa jarima maydoniimiz ichida darvozaga zarba berdi, yaxshiyamki Umidjon Ergashev to'pni ushlab oldi!

5. Dilshod Saitov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, noaniq




1. O'YIN BOSHLANDI!

- Navbat O'zbekiston davlat madhiyasiga!

- Hindiston davlat madhiyasi yangramoqda

- Ikki jamoa maydonga tushib keldi.

- O'yin soat 17:00da boshlanadi. 



Hindiston - O'zbekiston 0:3 LIVE

Bosh hakam: Ahmad Al Kaf (Ummon)

Gollar: Islomjon Qobilov 45 penalti, - 0:1. Bobir Abdixoliqov 79, - 0:2. Bobir Abdixoliqov 83, - 0:3.

Hindiston: 1.Diraj Singx, 3.Anvar Ali, 4.Golui Sartak, 7.Anirud Tapa, 8.Vinit Rai (C), 9.Daniel Lalxlimpuiya, 12.Abdul Saxal, 17.Rahul Kannoli Pravin (11.Komal Tatal, 55), 19.Lallianzuala CHangte, 21.Gaurav Bora, 22.Nishu Kumar (2.Asish Rai, 86).

O'zbekiston: 1.Umidjon Ergashev, 2.Islomjon Qobilov (C), 5.Dilshod Saitov, 6.Nurillo To'xtasinov (Oybek Bozorov, 80), 7.Oston O'runov, 8.Islom Kenjaboev, 11.Mirjahon Mirahmadov (9.Jasurbek Yaxshiboev, 64), 15.Oybek Rustamov, 16.Azizbek Amonov (10.Bobir Abdixoliqov, 52), 19.Ilhomjon Alijonov, 20.Husniddin G'ofurov.


Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика