O'zbekiston U-20 terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Obod klubini mag'lub etdi
26 fev 2015 17:37
Yangiliklar
O'zbekiston U-20 terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Obod klubini mag'lub etdi
Ayni kunlarda Toshkentda navbatdagi yig'inini o'tkazayotgan O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi kecha poytaxtning Obod klubiga qarshi o'rtoqlik-nazorat uchrashuvida maydonga tushdi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasining Toshkentdagi yig'ini 28 fevral kunigacha davom etadi. Malumot o'rnida, Ravshan Haydarov jamoasi Obodga qarshi uchrashuvdan oldin Namanganning Navbahor klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazgan va ushbu uchrashuvda 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan edi.
Avvalroq xabar berilganidek, U-20 yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi 25-30 mart kunlari Portugaliyaning Koimbra shahrida yig'in o'tkazadi va u erda ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi terma jamoa Koimbra shahrida 27 mart kuni yoshlar o'rtasida amaldagi evropa vice-chempioni hisoblangan Portugaliya yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushsa, 29 mart kuni shu yosh toifasida amaldagi jahon vice chempioni - Urugvay yoshlariga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o'tamiz, U-20 yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati bahslari 30 may kuni Yangi Zelandiyada start oladi. Quraga ko'ra, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi F guruhida Germaniya, Fidji hamda Gonduras terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

championat.asia
Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди
Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти
АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди
ОЧЛ-2. "Андижон"нинг гуруҳдаги рақиблари ҳамда мураббий ва футболчиларнинг қуръага муносабати
Fikrlar