O'zbekiston U-19 - “SBS Cup” xalqaro musobaqasi g'olibi!
28 avg 2022 17:00
Yangiliklar
O'zbekiston U-19 - “SBS Cup” xalqaro musobaqasi g'olibi!
Unda Farhod Nishonov boshchiligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Dastlab jamoamiz Yaponiyaning "SHizuoka" klubi bilan 3:3 hisobida durang o'ynashdi va penaltilar seriyasida g'olib bo'lishdi - 4:3.
Ikkinchi turda O'zbekiston urugvaylik tengqurlarini 1:0 hisobida taslim qildi.
Nihoyat musobaqaning so'nggi turida mezbon terma jamoaga qarshi bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida yana vakillarimizga omad kulib boqdi - 5:4. SHunday qilib O'zbekiston U-19 “SBS Cup” xalqaro musobaqasi g'olibiga aylandi.
Quvonarlisi terma jamoamiz azosi Rustambek Fomin musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
Yaponiya U-19 - O'zbekiston U-19 - 1:1 (penaltilar seriyasi: 4:5)
Gollar: Sunya Sakai 16 - Rian Islamov 59.
O'zbekiston U-19: 12.Asrorbek Kenjaev, 3.Sunnatilla Poyonov, 4.Mirkomil Abdurazzoqov, 5.Tohirbek To'xtasinov, 6.Aleksandr Zevadinov, 7.Asadbek Kohorjonov, 11.Rian Islamov, 14.Mahmud Jo'raboev, 15 Javohir O'tamurodov, 17.Nodirbek Abdurazzoqov (c),
19.Rustambek Fomin
Zaxiradagilar: Bayram Najafaliev, Diyorbek Inomov, Daler Tuxsanov, Og'abek Asadov, Muhammadali Usmonov, Elyorbek Mo'minqulov, Asadbek Jo'raboev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Рўзиқул Бердиев: "Нефтчи" чемпион бўлса, қаҳрамонларни майдондан излаш керак эмас. Менинг ҳолатимга тушиб кўрсангиз биласиз"
Fikrlar