O'zbekiston U-17 terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Meksikani mag'lub etdi
03 noy 2023 15:25
Yangiliklar
O'zbekiston U-17 terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Meksikani mag'lub etdi
Vakillarimiz bugun mundial oldidan so'nggi o'rtoqlik uchrashuvida meksikalik tengqurlariga qarshi maydonga chiqishdi. Uchrashuvda dastlab 45-daqiqada Laziz Mirzaev hisobni ochgan bo'lsa, 76-daqiqaga kelib Muhammadali Reimov terma jamoamzining ikkinchi golini urdi.
O'rtoqlik uchrashuvi.
O'zbekiston U-17 - Meksika U-17 2:0
Gollar: Laziz Mirzaev 45, Muhammadali Reimov 76
O'zbekiston: 21. Muhammadyusuf Sobirov, 3. Yaxyobek O'rinboev, 5. Azizbek To'lqinbekov, 6. Ozod O'ktamov, 7. Laziz Mirzaev, 9. Amirbek Saidov, 13. Behruz Jo'matov, 14. SHodiyor SHodiboev, 17. Ollobergan Karimov, 19. SHerzod Abdulboriev, 23. Dilshod Abdullaev
Malumot uchun, O'zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatida "B" guruhida Kanada, Mali, Ispaniya bilan guruhdan chiqish uchun bahs olib boradi. Hamyurtlarimiz ilk uchrashuvini 10 noyabr kuni Maliga qarshi o'tkazadi.





O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar