So’nggi yangiliklar

22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  0 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  0 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:28АПЛ. "Ливерпуль" - "Лидс" ҳамда Лондон дербиси учун асосий таркиблар маълум!  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  8 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  4 20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  8 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1 19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  5 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  3 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  6 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4

O'zbekiston U-17 jahon chempionatining eng intizomli jamoasi Yangiliklar

O'zbekiston U-17 jahon chempionatining eng intizomli jamoasi

U-17 jahon chempionatining guruh bosqichi yakunlandi.

Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Indoneziyada o'tkazilayotgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatining guruh bosqichida 3 o'yinda 4 ochko jamg'argan holda pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi. O'zbekistonliklar nimchorak finalda Angliya to'sig'idan o'tishga urinib ko'radi. 

Yakuniga etgan guruh bosqichi bahslaridan so'ng "oq bo'rilar" musobaqadagi eng intizomli jamoa bo'lib turibdi. Markaziy Osiyo mintaqasi vakili futbolchilariga uchta o'yinda hakam tomonidan birorta kartochka ko'rsatilmadi, bu esa ishtirokchilar orasida eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi.

O'zbekistondan keyingi o'rinda eronliklar o'smirlar intizom borasida peshqadamlar orasida bormoqda. Uch o'yinda forslar atigi bir marotaba ogohlantirilgan. O'zbekistonning bo'lajak raqibi Angliya futbolchilarida esa ikkita ogohlantirish mavjud.

Sariq kartochka bilan jazolanishlar borasida eng yomon ko'rsatkich Senegalga tegishli — 7ta. Biroq afrikaliklarnig biror o'yinchisi maydondan chetlatilmagan. Kanada o'smirlari esa guruh bahslarida 4ta sariq, 1ta qizil kartochka ishlab olishdi.

Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика