So’nggi yangiliklar

19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  1 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  0 18:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама (Матнли трансляция)  32 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  4 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  6 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  23 15:34Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ЖЧ йўлланмасини муддатидан олдин ҳал этди!  6 15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1 14:4924 ёшли дарвозабон, амалдаги чемпионни ютган мураббий, термага чақирилмайдиган вингер, турни безаб берувчи голни урган хавбек — Суперлигада 28-турнинг энг яхшилари  1 14:27Исақов, Папава, Плетнёв, Умар, Дориев... Суперлига 28-тур рамзий терма жамоаси  0 14:01Гвардиола: "Силва — мен учратган энг ақлли футболчилардан бири"  0

O'zbekiston U-17 bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev: "Jahon chempionatida bundan ham kuchli tomonlarimizni ko'rsata olamiz" Yangiliklar

O'zbekiston U-17 bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev: "Jahon chempionatida bundan ham kuchli tomonlarimizni ko'rsata olamiz"

Xabaringiz bor, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Tailandda o'tgan U-17 Osiyo kubogida yarim finalgacha etib borib Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.

Yarim finalda koreyalik tengqurlariga imkoniyatni boy berib musobaqa bilan xayrlashgan vakillarimiz bugun tunda yurtimizga qaytib kelishdi. Ko'rinib turibdiki futbolchilarning o'ziga bo'lgan ishonchi ortgan, o'ziga hos tajriba to'plashgan. Biz musobaqaning boshqa foydali jihatlari hususida terma jamoa bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaevga yuzlandik. 


"Avvalambor bizni qo'llab-quvvatlab turgan barcha ishqibozlarimizga rahmat. Albatta bunday katta xalaqaro musobaqalar foydaga ishlaydi. Har bir o'yinda masuliyat, bosim bor. Kuchli raqiblar bilan kamchiliklarimizni ko'rib oldik. Yaxshi tajriba to'pladik. O'ylaymanki, bu Jahon chempionatida asqotadi.

Xalqimiz bizdan yaxshi natija kutayotgandi. CHunki bu yosh toifasida hali Jahon chempionatiga anchadan beri chiqmayotgan edik. Katta mehnat qilindi. Xudo bizni sababchi qildi. O'zim uchun emas, shogirdlarimning keyingi faoliyati uchun bu Osiyo kubogi poydevor vazifasini o'taydi. 

Qaysidir manoda faoliyatimda yangi sahifa ochdi, deya olaman. Bu mening ilk Osiyo chempionatim edi. Terma jamoani Jahon chempionatiga olib chiqish har bir murabbiyning orzusi bo'lsa kerak. Xudo xohlasa, Jahon chempionatida bundan ham kuchli taraflarimizni ko'rsata olamiz",- deydi Jamoliddin Rahmatullaev. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика