So’nggi yangiliklar

07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  1 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  4 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  19 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  2 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  8

O'zbekiston U-16 terma jamoasi Xitoy yig'inini yakunladi Yangiliklar

O'zbekiston U-16 terma jamoasi Xitoy yig'inini yakunladi

Temur Olimxo'jaev boshqaruvidagi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Xitoyda o'tkazgan yig'inini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

O'smirlarimiz Xitoyda dastlab Mo'g'uliston U-16 terma jamoasiga qarshi uchrashuvda 12:0 hisobida zafar quchishdi. Ikkinchi bellashuv Xitoy U-17 terma jamoasi bilan o'tkazilib, unda jamoamiz 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Xitoy ushbu bahsda bir yosh katta futbolchilardan iborat terma jamoasi bilan harakat qildi.

Xitoydagi yig'in va keyingi rejalar xususida Olimxo'jaev quyidagicha takidladi:

- Xitoydagi yig'in biz uchun foydali bo'ldi. Aksariyat futbolchilar yozgi dam olishdan qaytishgani sababli jismoniy holatlarini yaxshilash ustida ishladik. Mo'g'ulistonni yirik hisobda mag'lub etdik. Xitoyliklar shogirdlarimdan kattaroq bo'lishsa-da, o'yin bo'yicha ulardan deyarli qolishmadik. Vaziyatlardan foydanala olmaslik pand berdi. Yig'in mobaynida xatolarimizni aniqlab, tegishli xulosalar chiqardik. Navbatdagi yig'inlarda shu jihatlarga etibor qaratamiz.

25 avgust kuni Toshkentda yig'ilib, mashg'ulotlarni boshlaymiz. 31 avgust kuni Qatarga yo'l olib, 2 va 4 sentyabr kunlari Qatar o'smirlar terma jamoasiga qarshi 2 nazorat bahsida maydonga tushamiz. Keyin esa Falastinda o'tadigan saralash bahslarida ishtirok etamiz. Hozircha tayyorgarligimiz reja asosida ketmoqda.

O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi 16-20 sentyabr kunlari Falastinda o'tadigan saralash bellashuvlarida Maldiv orollari, Falastin va Yaman termalariga qarshi o'ynaydi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика