O'zbekiston U-16 Qatar o'smirlar terma jamoasi bilan durang o'ynadi
20 iyu 2014 10:59
Yangiliklar

O'zbekiston U-16 Qatar o'smirlar terma jamoasi bilan durang o'ynadi
O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Turkiyaning Istanbul shahrida davom etayotgan xalqaro turnirdagi ikkinchi o'yinida Qatar U-16 o'smirlar terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.
O'zbekiston U-16 o'smirlari 17 iyul kuni turnirdagi ilk o'yinini Saudiya Arabistoni U-16 o'smirlariga qarshi o'tkazgan va 0:3 hisobida mag'lub bo'lgan edi.
19 iyul kuni Aleksandr Mochinov shogirdlari turnirdagi ikkinchi uchrashuvida Qatar U-16 o'smirlariga qarshi o'ynadi va qiziqarli kechgan uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. O'zbekiston o'smirlarining o'yindagi yagona goliga Suhrob Nurulloev mualliflik qildi.
Malumot o'rnida, turnir taqvimida o'zgarish yuzaga kelgan. Unga ko'ra, Iordaniya U-16 o'smirlariga qarshi o'yin avvaldan rejalashtirilganidek 19 iyul emas, balki 22 iyul kuni bo'lib o'tadi. SHu tariqa Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi turnirdagi keyingi o'yinini 22 iyul kuni Iordaniya U-16 o'smirlariga qarshi o'tkazadi. Turnirdagi so'nggi o'yin esa 24 iyul kuni BAA o'smirlar terma jamoasiga qarshi o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi shu yilning 6-20 sentyabr kunlari Tailandda bo'lib o'tadigan U-16 Osiyo CHempionati final bosqichida ishtirok etadi.

Fikrlar