So’nggi yangiliklar

O'zbekiston U-15 terma jamoasi Xorvatiyadagi turnirda ilk g'alabasini qo'lga kiritdi Yangiliklar

O'zbekiston U-15 terma jamoasi Xorvatiyadagi turnirda ilk g'alabasini qo'lga kiritdi

Xorvatiyada o'tkazilayotgan "Vlatko Markovich" xalqaro turnirida ishtirok etayotgan O'zbekiston U-15 terma jamoasi musobaqadagi uchinchi o'yinida CHernogoriyani mag'lub etdi.

Zayniddin Tojiev shogirdlari dastlabki ikki uchrashuvda Xorvatiya va Irlandiya terma jamoalaridan qaqshatqich mag'lubiyat qabul qilib olgandi. Navbatdagi raqib CHernogoriya terma jamoasi bo'ldi hamda Muslimbek Habibullaev tomonidan kiritilgan gol evaziga o'zbekistonliklar g'alabani tantana qildi.

O'zbekiston - CHernogoriya 1:0

Gol: Muslimbek Habibullaev, 63 (1:0).

O'zbekiston U-15 terma jamoasi: Oyatillo Akramov, SHorahim SHorahmedov, Rihsiboy Abduhakimov, Diyor Ermanov, Quvonchbek Abraev, SHahobiddin Po'latov, Muslimbek Habibullaev, Saddam Ahmadov, SHohjahon Yunusov, Feruzbek Olimov, Ulug'bek Maratov

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика