So’nggi yangiliklar

12:07"Челси" "Реал" ортга қайтаришни хоҳлаётган истеъдодга эътибор қаратди  0 11:40Нагельсманн Германиянинг ноябрь ойидаги йиғинидан тажриба майдони сифатида фойдаланиш ниятида эмас  0 10:49АПЛнинг ўртамиёна жамоаси "Барселона" футболчисига 80 миллион евро беришга тайёр  3 10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  2 09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  11 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  2 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  2 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёнинг иккита жамоаси плей-оффда. Кечаги кун натижалари билан танишинг  1 07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  12 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  8 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  6 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  3

CAFA Nation's Cup-2023. O'zbekiston Tojikistonni yirik hisobda mag'lub etdi. Finaldagi raqib - Eron Yangiliklar

CAFA Nation's Cup-2023. O'zbekiston Tojikistonni yirik hisobda mag'lub etdi. Finaldagi raqib - Eron

O'zbekiston hamda Tojikiston terma jamoalari o'rtasidagi "CAFA Nation's Cup-2023" turnirining 3-tur o'yini yakunlandi.

O'zbekiston - Tojikiston 5:1

Gol: Parvizjon Umarbaev, 13 (0:1), Jasur Yaxshiboev, 53 (1:1), Eldor SHomurodov, 56 (2:1), Abbosbek Fayzullaev, 73 (3:1), Hojimat Erkinov, 83 (4:1), Oston O'runov, 90+6 (5:1)

O'zbekiston: 16.Botirali Ergashev, 2.Alibek Davronov, 5.Abduqodir Husanov, 6.Ibrohim Xalil Yo'ldoshev, 8.Jamshid Iskanderov, 18.Abdulla Abdullaev, 20.Akmal Mozgovoy, 22.Dilshod Saitov, 23.Jasur Yaxshiboev, 24.Bobir Abdixoliqov, 27.Jamshid Boltaboev.

Tojikiston: 1.Rustam Yatimov, 2.Zoir Jo'raboev, 5.Manuchehr Safarov, 6.Vahdat Xanonov, 7.Parvizjon Umarbaev, 8.Amirbek Jo'raboev, 10.Alisher Jalilov, 15.SHervoni Mabatshoev, 17.Ehsoni Panshanbe, 19.Axtam Nazarov, 21.Manuchehr Jalilov.

Ogohlantirish: Vahdat Xanonov (28), Ibrohim Xalil Yo'ldoshev (38), Parvizjon Umarbaev (41), Manuchehr Safarov (42), Ehsoni Panshanbe (59)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Etiboringiz uchun rahmat!

90+6. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Oston O'runov penaltidan hisobni aytib bo'lmas ko'rinishga keltirdi!

90+5. Penalti!

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

89. Tibbiyot daqiqalari. Salomatligingizni asrang.

87. O'zgarish: Murodali Nazarov Manuchehr Jalilov o'ringa o'yinni yakunlab qo'yadi. 

84. O'zgarish: Hojiakbar Alijonov Dilshod Saitov o'rniga uchrashuvni yakunlab qo'yadi.

83. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Hojimat Erkinov hisobni yirik ko'rinishga keltirdi!

81. Raqib jamoada o'zgarishlar: Komron Tursunov va Ehsoni Panshanbe, Xolmurod Nazarov va Parvizjon Umarbaev joy almashdi.

9099 tomoshabin uchrashuvga tashrif buyuribdi. Bitta 9 etishmadi shu erga.

74. Terma jamoamiz tarkibida ikki o'zgarish: Oston O'runov Jasur Yaxshiboev bilan, Hojimat Erkinov Bobir Abdixoliqov bilan o'rin almashdi.

73. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Abbosbek Fayzullaev milliy terma jamoadagi debyut golini urdi!


70. Parvizjon Umarbaev yon hakam qarshisidan jarima zarbasi tepishga taraddud ko'rmoqda. U yon hakamga qiyo boqib, 90 daqiqa bayroqchani ko'tarib, qo'li og'rib qolmasmikan degan qarash qildi.

68. Yo'ldoshevning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

66. Tojikiston terma jamoasi tarkibida ikki o'zgarish: SHervoni Mabatshoev o'rniga Sodiqjon Qurbonov, Vahdat Hanonov o'rniga Nuriddin Hamroqulov maydonga tushirildi.

65. Abbos Fayzullaev jarima to'pi yonida. Undan Ronalduning zarbasi kutgandik, ammo urinish ko'ngildagidek bo'lmadi.

64. SHomurodovdan zarba va Rustam Yatimovdan seyv!

59. Ehsoni Panshanbe raqib darvozasiga zarba yo'llagani uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan siylandi. Aslida, u to'p raqib qo'liga tegdi deya ochiqchasiga etiroz bildirgandi.

56. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLL!!! SHomurodov terma jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi!


55. Penalti! Tojikistonlik futbolchi to'pga qo'li bilan o'ynadi, hakam esa nuqtaga ishora qildi.

53. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Hozirgina qulay vaziyatni ko'kka sovurgan Yaxshiboev hisobni tenglashtirdi va stadiondagi sukunatni buzdi! Tanqidlarga ham javob bo'ldi. Yashavor! 


50. Yaxshiboev yaqin masofadan bo'sh darvozaga noaniq zarba yo'lladi. Menimcha, bunday zarba yo'llash uchun atayin tayyorlangan bo'lsa kerak. 

49. Fayzullaev GAIga tushmaydigan tezlikda zarba yo'lladi, shu bois raqib posboni qiyinchilikka duch kelmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Raqib jamoada ham o'zgarish: Alisher Jalilov o'rniga Muhammadjon Rahimov o'yinga qo'shildi.

Taym avvalida tarkibimizda uchta o'zgarish: Odil Hamrobekov Jamshid Boltaboevni, Eldor SHomurodov Jamshid Iskanderovni, Abbos Fayzullaev esa Abdulla Abdullaevni almashtirdi.

Birinchi bo'lim biz kutmagan natija bilan yakunlandi. O'ylaymizki, ikkinchi bo'limni shodiyona kayfiyatda yakunlaymiz. Maydonda asosiy tarkibimiz emas, shuni yoddan chiqarmanglar.

45+2. Saitovda juda qulay imkoniyat yuzaga kelgandi. Ammo u qanotdan oshirilgan to'pni darvoza to'riga yo'llashning o'rniga tomoshabinlar tomon yo'llashni afzal ko'rdi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

42. Manuchehr Safarov ham o'rtog'iga sherik bo'ldi. Agar kartochkalarni yig'ishning imkoni bo'lganida, tojikistonliklar supermarket ochishsa bo'lardi.

41. Parvizjon Umarbaev o'zi istagan barcha narsaga erishmoqda: gol urishga erishdi, sariq kartochka olishga erishdi, olmagani faqat bitta qoldi.

40. Bugungi uchrashuvga chipta olganlar ikki sport turi guvohiga aylanish imkoniga ega bo'lishmoqda. Diqqat markazida esa shifokorlar.

38. Ibrohimxalil Yo'ldoshev hisobni tenglashtirdi! Ogohlantirilish bo'yicha.

33. Burchak zarbasini ko'rmay qolgan tomoshabinlar "Yana bitta bo'lsin" deyishdi. Futbolchilarimiz ularning istaklarini bajo keltirishdi.

31. Klaviaturani bosib olgunimga qadar jamoalar chanqoqlarini bosib olishdi.

28. Vahdat Xanonov "javob qaytardi". Oqibatda hakam cho'ntagini kovlashga majbur bo'ldi.

27. Abdulla Abdullaev maydon markazidagi raqibiga nisbatan dzyudo usulini qo'lladi.

24. 30-soniya: Yaxshiboev Tojikiston darvozasi qarshisida zarba berishga hozirlandi, 32-soniya: to'p O'zbekiston terma jamoasi darvozabonida.

23. Raqib jamoa bir muddat nima qilishni bilmasdan yon hakam yonida paslar o'ynashdi. Ularning maqsadi keyin bildim — assistentni ham to'pga sherik qilmoqchi ekan.

20. Tojikistonlik futbolchi bu safar boshi bilan zarba yo'lladi. Yaxshiyamki, to'p uning aytganini qilishni istamadi.

16. Burchak zarbasi ishlab oldik. Ammo Iskanderovning uzatmasiga etadigan mard topilmadi.

13. GOL! Parviz Umarboev jarimadan darvozamizni ishg'ol qildi. Raqib jamoada Messi bo'lmasayam, shogirdi bor ekan.

12. Messi uchun sevimli nuqtadan darvozamiz tomon jarima zarbasi belgilandi. Yaxshiyamki, Tojikistonda Messi yo'q.

9. Ibrohimxalil Yo'ldoshev burchak zarbasi ishladi, standartdan so'ng zarba berishga ham erishdik, ammo raqib himoyachisi bojxonachi vazifasini bajarib, to'pning o'tishiga yo'l qo'ymadi.

7. Yaxshiboevdan ajoyib zarba, ammo raqib posboni hushyorlikni yo'qotmadi.

6. Dastlabki daqiqalarda tojikistonliklar to'pdan ko'ra hamyurtlarimizning oyog'iga ko'proq teginishdi.

4. Tojikistonlik futbolchi zarba berdi-yu, biroq maktabda fizika darsidan yomon o'qigani sezilib qoldi.

3. Iskanderov o'tgan o'yinda O'runovga bergan pasini Copy-Paste qilmoqchi edi, ammo bu harakat amalga oshishiga raqib himoyachisi to'sqinlik qildi.

2. Raqib jamoa Yaxshiboevga nisbatan yaxshi harakat amalga oshirmadi.

1. Stadiondagi dastlabki hushtakni hakam chaldi, qolgan hushtaklarni o'yin davomida tomoshabinlardan eshitamiz. Uchrashuv boshlandi!

Bugun terma jamoamiz oq, tojikistonliklar qizil rangli libosda harakat qilishadi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Madhiyalar ijro etildi. Endi esa kondecioner pultini bosib qo'ygan bo'lsangiz, diqqatimizni bir joyga qaratamiz.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Bugun CAFA Nation's Cup-2023 turnirining 3-turidan o'rin olgan qo'shnilar derbisi guvohiga aylanamiz.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика