O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning narxi oshdi
17 iyu 16:00
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning narxi oshdi
Yangilanish natijasida "Roma" va O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning narxi 1 mln evroga qimmatladi. Endi u 5 million evroga baholanmoqda.

Shomurodov o'tgan mavsum "Roma" safida 37 o'yin (15 tasi asosiyda) o'tkazib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bundan tashqari, Eldor ikki marta – fevral va aprel oylarida "Roma"da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Transfermarkt'ning rus bo'limi rahbari Georgiy Lekarev:
"Bozor bahosining oshishiga "Roma" Shomurodovga yana ishona boshlagani sabab bo'ldi. U o'z imkoniyatlaridan muvaffaqiyatli foydalandi. Eldor yaxshi formaga kirib oldi va raqobatga chidamli futbolchiga aylandi. Shomurodovning yoshi bozor qiymati yanada oshishiga yo'l qo'ymaydi. Vaholanki, A Seriyada u o'z yosh toifasida (29-32 yosh) hujumchilar orasida ikkinchi yoki uchinchi o'rinda turadi. Faqat Romelu Lukaku Shomurodovdan qimmatroq, Jovanni Simeone esa shunga o'xshash narxga ega".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar