So’nggi yangiliklar

17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   0 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  11 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  2 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  0 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0 15:42Иньеста ростдан ҳам "Реал"га мухлис бўлганми?  3 15:21Холанд журналистлардан узр сўради  2 14:54"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди  2 14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  1 13:58Гвардиола: "Йўқ, бу хабар ёлғон"  0 13:20Расмий хабар: БААга қарши ўйиндан олдин Ўзбекистонда яна бир йўқотиш   20 13:08Владо Радманович: "Катанец ноябрь ойида терма жамоани ўзи бошқаради" (ўйинолди матбуот анжумани тўлиқ)  23 13:00ЖЧ-2026 саралаши. БАА сафардаги ўйинларнинг ҳаммасида ғалаба қозонмоқда  14 12:33Ўзбекистон МТЖ қачон охирги марта ўз майдонида кўк рангли формада ўйнаган?  8

O'zbekiston terma jamoasi mashg'uloti haqida Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi mashg'uloti haqida

Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz ikki kundan buyon "Jar"da mashg'ulotlarni o'tkazmoqda.

Kecha terma jamoamiz lageridagi o'zgarishlar, libos va stadion masalasi haqida to'xtalgandik. Bugun bevosita mashg'ulot jarayoni haqida batafsilroq malumot berishga harakat qilamiz.

O'zbekiston: Suriya va Eronga qarshi o'rtoqlik o'yinlari uchun jalb etilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar:
Suyunov Eldorbek (“Paxtakor”)
Zuhurov Murodjon (“Bunyodkor”)
Quvvatov Sanjar (“Nasaf”)
Nesterov Ignatiy (“Lokomotiv”)
 
Himoyachilar:
Denisov Vitaliy (“Krilya Sovetov”, Rossiya)
SHixov Sanat (“Buxoro”)
Xolmuhamedov Murod (“Qo'qon-1912”)
Ismoilov Anzur (“Lokomotiv”)
To'xtaxo'jaev Islom (“Lokomotiv”)
Gadoev SHohruh (“Tedjon Sitizen”, J.Koreya)
Krimec Egor (“Paxtakor”)
SHuhrat Muhammadiev ("Lokomotiv") * (jarohat)
Zoteev Oleg (“Lokomotiv”)
Azamov SHerzod (“Paxtakor”) * (jarohat)
Sayfiev Farrux (“Paxtakor”)
 
Yarim himoyachilar:
Ahmedov Odil (“SHanxay SIPG”, Xitoy)
G'ofurov Husniddin (“Lokomotiv”)
Haydarov Azizbek (“Bunyodkor”)
Mirzaev Sardor (“Lokomotiv”)
SHukurov Otabek (“SHarja”, BAA)
Sobirxodjaev Sardor (“Bunyodkor”)
Rashidov Sardor (“Lokomotiv”)
SHomurodov Eldor (“Rostov”, Rossiya)
Tursunov Sanjar (“Tedjon Sitizen”, J.Koreya”)
Kozak Vladimir (“Paxtakor”)
Ibrohimov Javlon (“Bunyodkor”)
 
Hujumchilar:
Abduxoliqov Temurxo'ja (“Lokomotiv”)
Bikmaev Marat (“Lokomotiv”)
Nagaev Ivan (“Qizilqum”)
Igor Sergeev (“Paxtakor”)

Tarkibga qo'shilgan futbolchilar:
O'ng qanot himoyachilari: Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912"), Akmal SHorahmedov ("Paxtakor")


Quyida ro'yxatdan o'rin olgan SHuhrat Muhammadiev "Buxoro"ga qarshi o'yinda jarohat olgani bois davolanish bilan band va yig'inni o'tkazib yuboradi. Uning o'rniga "Qo'qon-1912" himoyachisi Murod Xolmuhammedov o'ng qanotni to'ldirish uchun chaqirildi. SHuningdek, dastlabki kun mashg'ulotlarda ishtirok etgan markaziy himoyachi SHerzod Azamov bel qismidan olgan jarohati bois kecha MTJ lagerini tark etishga majbur bo'ldi. Akmal SHorahmedov esa kecha terma jamoa mashg'ulotlariga qo'shildi.

MTJdan chaqiruv olgan legionerlar esa Suriya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yiniga bir hafta qolganida o'z klublari ixtiyoridan MTJ lageriga kelib qo'shilishadi.

SHuni qayd etib o'tish kerakki, jarohatlari tufayli legioner maqomidagi ikki yarim himoyachi Vagiz Galiulin hamda Fozil Musaev Kuper boshchiligidagi terma jamoamizning ilk yig'inini o'tkazib yuborishmoqda.

Temir intizomni xush ko'ruvchi Kuper futbolchilar bilan tanishuv jarayonini o'tkazmoqda. Mashg'ulotlarga keladigan bo'lsak, Kuper qo'l ostida futbolchilar asosan to'p bilan ko'proq shug'ullanishmoqda. Yani, chigalyozdi mashqlaridan so'ng Kuperning qolgan barcha mashg'ulotlari to'p bilan bog'liq bo'lmoqda. Ektor Kuperning yordamchilari Antonio Sarioglu va Mahmud Fayoz Muhammad jismoniy tayyorgarlik bo'yicha javobgar bo'lsa, Misr terma jamoasidagi assistenti Xose Karlos Fantagucci taktik tahlil bo'yicha javobgar mutaxassis. SHtabda hozircha mahalliy mutaxassis yo'q. Faqatgina darvozabonlar murabbiyi "Nasaf"dan taklif etilgan Italiya fuqaroligiga ega bo'lgan Denis Ivankov.


Terma jamoa massajchilari Abdulla Rizboev ("Bunyodkor") va Andrey Bezborodov ("Nasaf") taklif etilgan. Jamoa shifokori tajribali Abror Pirriev ("Lokomotiv") hamda Muzaffar Xudoyberdiev ("Lokomotiv" futbol maktabi). Mamur esa "Lokomotiv" xodimi Baxtiyor Ismoilov.

Denis Ivankov mashg'ulotlarda darvozabonlar — Suyunov, Quvvatov, Zuhurov va Nesterov bilan odatiga ko'ra noananaviy tarzda ishlamoqda.

Terma jamoada futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashning imkoni yo'q. Terma jamoaga futbolchilar klublaridan jismoniy jihatdan tayyor holda kelishadi. SHu boisdan ham terma jamoaga kelgan tayyor futbolchilarning avvaliga chiniqtirib olish uchun jismoniy mashqlar bajarilsa, keyinchalik mashg'ulotlarning ko'p qismi taktik qo'llanmalar ustida ishlanadi.

Futbolchilar ikki kundan buyon uch poziciya bo'yicha uch guruhga bo'lingan holda himoyalanish, hujum tashkil etish va hujumni yakunlash bo'yicha ishlashmoqda. Mashg'ulotlar so'nggida esa doimgidek ikki bo'lingan holda futbol o'ynalmoqda. Terma jamoa futbolchilari mashg'ulotlardan so'ng muzli suvda tiklanish jarayonini o'tkazishmoqda.

Mashg'ulotlarda murabbiylar asosan ispan tilida muloqot qilishayotgani bois o'rtaga tarjimon tushmoqda. Albatta, dastlab tarjimon ham jamoaga kirishib, jarayonga moslashib olishi uchun ham malum vaqt talab etiladi. CHunki bazi mashqlarni tarjimon ham jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy va futbolchilar bilan birgalikda bajarishiga to'g'ri kelmoqda :-)


SHahboz Beg'amov 

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика