So’nggi yangiliklar

11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  5 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  6 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 08:08Гвардиола Чемпионлар лигасида қайси жамоага тўқнаш келишни истамаслигини айтди  11 07:31ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши майдонга тушамиз  22 06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  8 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  2 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  3 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  6 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  1 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  3 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  5

O'zbekiston tarixidagi ilk Asian Sprint Triathlon Cup musobaqasi dam olish kunlari bo'lib o'tadi Yangiliklar

O'zbekiston tarixidagi ilk Asian Sprint Triathlon Cup musobaqasi dam olish kunlari bo'lib o'tadi

Teglar :  triatlon
2021 yil 6 oktyabr, Toshkent. O'zbekiston triatlon federaciyasi 7SABER sport kiyimlari brendi ko'magida Asian Sprint Triathlon Cup musobaqasini o'tkazmoqda.

9-10 oktyabr kunlari «O'zekspomarkaz» MKK AJ hududida 30 mamlakatdan kelgan 300 dan ortiq triatlonchilar o'rtasida eng kuchli sprinterlar aniqlanadi.




Osiyo Olimpiya Kengashi vice-prezidenti Otabek Umarov voqea haqida shunday fikr bildirdi: «Bu yil milliy triatlon uchun haqiqiy ilg'or yil bo'ldi, u bir-ikki yil ichida katta masofani bosib o'tdi. Afsonaviy «IRONMAN LANZAROTE» doirasida iyul oyida bo'lib o'tgan Jahon chempionatida sportchilarimizning aql bovar qilmas muvaffaqiyati ko'plab yigit-qizlarni ilhomlantirdi. Ishonamanki, bo'lajak musobaqa bu go'zal sport turini rivojlantirishga yanada katta hissa qo'shadi. Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilayman!»

Musobaqa reglamentida quyidagi toifadagi sportchilar ishtirok etishi ko'zda tutilgan: professionallar «Elite» (23 yoshdan katta bo'lganlar) va U-15 (12-15), shuningdek havaskor (18-24, 25-29, 30-34, 35-39, 40-44, 45-49, 50-54, 55-59, 60 va undan katta bo'lganlar).

«SHunisi etiborliki, Osiyo Kubogi bizning holatimizda faqat Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi musobaqani anglatmaydi. Bu ochiq qitalararo musobaqa bo'lib, unda, masalan, Avstriya, Lyuksemburg, Polsha, Rossiya, Slovakiya, CHexiya va SHveycariya kabi mamlakatlardan sportchilar o'z ishtiroklarini tasdiqlab o'tishdi. Bundan tashqari, «Elite» toifasi eng kuchli triatlonchilarning ishtirokini nazarda tutadi, bundan kelib chiqib aytish mumkinki, yaqinlashib kelayotgan Toshkentdagi musobaqa starti imkon qadar ajoyib bo'lishi kutilmoqda», — deya takidlab o'tdi, triatlon federaciyasi Raisi Viktor Vladimirovich Maxmudov.

9 oktyabr kuni professionallar «Asian Sprint Triathlon Cup»da bellashishadi, ertasi kuni esa 150 ga yaqin havaskorlar o'z kuchlarini sinab ko'rishlari mumkin bo'ladi. Ikkita distanciya belgilangan: 15 yoshdan oshgan sportchilar uchun (suzish 750 m, velosipedda bellashuv 20 km, yugurish 5 km) va 12-15 yoshli o'smirlar uchun (suzish 300 m, velosipedda bellashuv 8 km, yugurishda 2 km).

Takidlash joizki, xorijiy texnik vakillar va xalqaro hakamlar ko'magida xalqaro standartlar bo'yicha «Asian Sprint Triathlon Cup» ochiq musobaqasi O'zbekistonda ilk bor o'tkaziladi.

9-10 oktyabr kunlari musobaqaning boshlanish vaqti: 9:00
Tomoshabinlar va muxlislar uchun kirish: bepul.

Sayt

Instagram

Facebook

Youtube

Telegram kanali

Telegramdagi chat 


Reklama huquqi asosida

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика