O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yig'iniga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati malum
01 apr 2024 17:58
Yangiliklar
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yig'iniga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati malum
Rejaga muvofiq, yig'inning ikkinchi qismi 6 aprel sanasidan boshlab Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiriladi. Terma jamoa nazorat uchrashuvi doirasida 10 aprel kuni Xitoyga qarshi maydonga tushadi.
Malumot uchun, dastlabki yig'inga asosan mahalliy klublarda to'p tepuvchi futbolchilar jalb etildi. Ayni paytda legionerlar klublari bilan muzokaralar davom etmoqda va yakuniy ro'yxat O'FA rasmiy sahifalarida elon qilinadi.
Darvozabonlar — Vladimir Nazarov ("Paxtakor"), Hamidullo Abdunabiev ("Olimpik"), SHukron Yuldashev ("Olimpik"), Abduvohid Nematov ("Nasaf");
Himoyachilar — Muhammadqodir Hamraliev ("Paxtakor"), Odilbek Abdumajidov ("Dinamo"), Saidazamat Mirsaidov ("Olimpik"), Mahmud Mahamadjonov ("Bunyodkor"), Alibek Davronov ("Nasaf"), Zafarmurod Abdiraxmatov ("Nasaf"), Murod Rahmatov ("Nasaf"), Asadbek Rahimjonov ("Olimpik"), Ahmadillo Muqumjonov ("Olimpik");
Yarim himoyachilar — Ibrohim Ibragimov ("Olimpik"), Jasur Jaloliddinov ("Neftchi"), Abdurauf Bo'riev ("Olimpik"), Umarali Rahmonaliev ("Rubin"), Farruh Muxtorov ("Olimpik"), Behruz Asqarov ("Paxtakor"), Diyor Xolmatov ("Paxtakor");
Hujumchilar — Ulug'bek Hoshimov ("Surxon"), Otabek Jo'raqo'ziev ("Olimpik"), Husayn Norchaev ("Neftchi"), Ruslan Jiyanov ("Navbahor"), Alisher Odilov ("Olimpik"), Po'latxo'ja Xoldorxonov ("Paxtakor").

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar