O'zbekiston noyabr oyida Avstraliya qitasida Livan va Avstraliya bilan o'ynaydi
25 avg 2018 10:04
Yangiliklar
O'zbekiston noyabr oyida Avstraliya qitasida Livan va Avstraliya bilan o'ynaydi
Olingan malumotlarga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi yashil qitada Avstraliya hamda Livan bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Ushbu jamoalar bilan muzokara ketayotgani haqida 17 avgust kuni saytimizda xabar bergandik: O'zbekiston terma jamoasi noyabrda qita chempioni bilan o'ynashi mumkin
Livan terma jamoasi bosh murabbiyi Miodrag Radulovich xorij matbuotiga bergan intervyusida noyabr oyida Avstraliyaga borib mezbonlar va O'zbekiston terma jamoasi bilan o'ynashlari haqida gapirgan.
Hozircha O'FA bu o'yinlar haqida rasmiy malumot bergani yo'q. Malumot uchun, 12-20 noyabr FIFA kunlari sifatida qayd etilgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi sentyabr oyida Suriya va Eron, oktyabr oyida Qatar va KXDR bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishi haqida oldinroq xabar berilgan edi.
Bu o'yinlar orqali terma jamoa 2019 yil yanvar oyida BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'radi.
Fikrlar