So’nggi yangiliklar

13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  2 13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  11 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  5 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 12:10Ямаль ўзининг хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози?  7 11:48"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси   22 11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  7 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  17 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  2 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  3 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  2 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  5 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  3 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  4

O'zbekiston MTJning Turkiyaga kelgan kuniyoq o'tkazgan mashg'uloti va uni ko'rish uchun 10 dollardan voz kechgan haydovchi. Kundalik Yangiliklar

O'zbekiston MTJning Turkiyaga kelgan kuniyoq o'tkazgan mashg'uloti va uni ko'rish uchun 10 dollardan voz kechgan haydovchi. Kundalik

Kechadan biz uchun ish jarayoni boshlanib ketdi.

O'zbekiston terma jamoasi Turkiyaga etib keldi va jarayonlar tezlashib ketdi.

FOTO  Odilga bitta, Kuperga esa ikkita... O'zbekiston MTJning Turkiyadagi ilk mashg'ulotidan GALEREYA

FOTO  O'zbekiston MTJ delegaciyasi Turkiyada, Kuper bugunning o'zida mashg'ulot o'tkazadi

Terma jamoamiz delegaciyasi Toshkent - Istanbul - Antalya yo'nalishi bo'yicha Turkiyaga etib keldi. Futbolchilarimiz Alanya shahrining Side tumanida joylashgan "The Sense De Luxe Hotel"ga taxminan 18:00larga kelishlari mo'ljallangandi. Biz esa 16:45da mehmonxonaga etib bordik. Afsuski, mehmonxona xodimlari bizni ichkariga qo'yishmadi. Xatto, mehmonxona oldida kutishimizni ham istashmadi. Ular bilan uzoq tortishuvdan keyin jamoamizni mehmonxonaga eltuvchi kichik yo'lda kutadigan bo'ldik. Bir tomondan asabimiz biroz buzilgan bo'lsa, ikkinchi tomondan xuddi ingliz nashrlarining fotomuxbirlari har kuni top-klublar futbolchilarining qanday avtomobilda mashg'ulotga kelishini suratga olib o'tiradigan vaziyat ko'z oldimizga keldi. Delegaciya 18:40larda etib keldi. Endi mehmonxona oldiga qarab sumka-yu fotoapparatlar bilan yugurib ketdi. Tezroq kirish oldiga bormasak futbolchilar ichkariga kirib ketishardi. Toqqa chiqmasang do'lana qayda degandan bo'ldi buyog'i.


Ektor Kuper va uning shogirdlarini ko'ngildagidek kutib ololdik. Bir yarim soat oldin bizni qo'ymagan xodim esa oldimizga kelib mana jamoangiz kelganidan so'ng bemalol rasmga oldingiz, muammo bo'ldimi dedi. Ochig'i, unga talaygina gapni aytsam ham bo'lardi. Ammo, biz haqimizda salbiy taassurotda qolmasin deb tashakkur deb jilmayib qo'ydim.


Mehmonxona lobbisida terma jamoa xodimlari iftorlikdan so'ng maxalliy vaqt bilan 22:00da mashg'ulot o'tkazilishini aytishdi. Ixtiyorimizda 28 km yo'l bosib o'zimiz turgan mehmonxonaga borib, kutib olishdan suratlarni saytga joylab yana ortga qaytib borishimiz uchun 2 yarim soatdan biroz ko'proq vaqtimiz bor edi. Bir necha daqiqaga kechikib bo'lsa-da mashg'ulotga ulgurdik. Agar taksi haydovchisi yo'ldan biroz adashmaganda balki o'z vaqtida ulgurishimiz ham mumkin edi.

MASHG'ULOT

Odatdagidek, mashg'ulot jarayoni umumiy yugurish bilan boshlandi. Keyin kiperlarimiz Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov, Javohir Ilyosov hamda Botirali Ergashevlar bilan darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov alohida shug'ullandi. Qolganlar esa Kuper boshchiligidagi murabbiylar guruhi bilan qizib oluvchi quvnoq mashqlarni bajarishdi. Bunda asosan to'p bilan ishlandi.


Keyin esa O'yinchilar ikkiga bo'lindi. Birinchi guruh maydonning yarmida qanotlar va markazdan hujum qilishni mashq qilgan bo'lsa, ikkinchi guruh shunchaki paslar yordamida to'pni nazorat qilish ustida ishladi. Malum vaqtdan keyin esa 6 nafar futbolchi himoyalandi, yana ikki nafari almashib turish uchun maydon chetiga chiqdi. Qolgan o'yinchilar esa qanotlardan va imkoni bo'lganda markazdan yorib kirish va vaziyatni albatta zarba bilan yakunlash ustida ishlashdi. Bunda himoyalangan oltitalik doimiy almashib turdi. Yani, Kuper himoyaviy o'yinchilarimizning barchasini sinab ko'rdi. Mashg'ulot davomida kichik epizodlardagi kurashdan so'ng Eldor SHomurodov biroz lat edi. Baxtimizga shifokorlarning yordamidan so'ng u mashg'ulotni oxirigacha erkin davom ettirdi.


SHuningdek, Sanjar Quvvatov to'pni noqulay qaytargani sabab barmog'i og'rib qolgandek ko'rindi. SHukr-ki, u ham keyinchalik mashqlarni yana davom ettirdi. SHu tariqa, O'zbekiston milliy terma jamoasining Alanyadagi birinchi mashg'uloti quvnoq kayfiyatda o'tdi.


SHu o'rinda qiziq voqeani yozib ketishni afzal bildik. O'zimiz joylashgan mehmonxonada ishlarni tezda bitirgach mashg'ulotga kech qolmaslik uchun taksi chaqirtirdik. Taksi olib borishi va qaytib olib kelishi qanchadan bo'lishini aytdi va bizni u erda kutib turgani uchun yana qo'shimcha 10 dollar berishimizni qo'shimcha qildi. Biz esa u holda faqatgina olib borib qo'yishi kifoya ekanligini va qaytishda boshqa taksi chaqirtirishimizni aytdik. Yo'lma-yo'l taksi haydovchisining suhbatini oldim. O'zini Yilmaz deb tanishtirgan bu inson futbolga qiziqishini va "Galatasaroy" muxlisi ekanligini aytdi. Men esa Turkiya va O'zbekiston o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini haqida bilish yoki bilmasligini so'radim. Xabari bor ekan, keyin unga hozir O'zbekiston terma jamoasi mashg'ulotiga ketayotganimizni aytdim. U esa: - Unday bo'lsa men sizlarni kutib turaman va O'zbekistonning mashg'ulotini tomosha qilaman. Evaziga kutganim uchun qo'shimcha pul olmayman dedi. CHindan ham futbolga qiziqadigan haydovchi mashg'ulotni oxirigacha maydon tashqarisidan tomosha qilib turdi.


Bugun maxalliy vaqt bilan 11:00 (Toshkent vaqti bilan 13:00)da o'yindan oldingi matbuot anjumani o'tkazish rejalashtirilgan. SHuningdek, kechqurun o'yin oldi mashg'ulot ham bo'lib o'tadi. Demak, "Championat.asia"ni kuzatishda davom eting.


Tolibjon Qosimov, Jahongir Fayzullaev

Alanya, Turkiya

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика