So’nggi yangiliklar

13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  0 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  0 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   4 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  18 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0

O'zbekiston milliy terma jamoasi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi Yangiliklar

O'zbekiston milliy terma jamoasi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi

Teglar :  O'zbekiston MTJ
31 avgust kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari Mustaqillik bayrami munosabati bilan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashishdi.

"Jar" stadionida o'tgan tadbirga Toshkent shahridagi 21 va 23-mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari tashrif buyurishdi.

Dastlab tadbir boshlovchisi Davron Fayziev futbolchilar va murabbiylar shtabini bolalar bilan tanishtirib chiqdi. Keyin esa mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va terma jamoa futbolchilari ikki jamoaga aralash ajralib, 15 daqiqacha davom etgan futbol o'yinida to'p tepishdi. Unda bolalar o'zlarining sevimli futbolchilari bilan birga o'ynash imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Futbol uchrashuvidan keyin mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga esdalik sovg'alari taqdim etildi.

Tadbirda O'FF va "Terma jamoalar markazi" rahbariyati va xodimlari ham ishtirok etishdi. Bunday tadbir hamda uchrashuvlar o'sib kelayotgan yosh avlodda sport, xususan futbol va sog'lom hayot tarziga bo'lgan qiziqishni o'stirishi tabiiy. Terma jamoadagi futbolchilarga havas bilan maydonda to'p tepgan bolalar kelajakda ular kabi bo'lishga intilishsa, shuning o'zi ham katta muvaffaqiyatdir.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика