O'zbekiston kubogi. Saralash bosqichida 16 ta jamoa ishtirok etadi, qura bugun o'tkaziladi
19 mar 16:04
Yangiliklar


O'zbekiston kubogi. Saralash bosqichida 16 ta jamoa ishtirok etadi, qura bugun o'tkaziladi
Avvalroq O'zbekiston kubogining guruh bosqichiga qura tashlangan bo'lib, har bir guruhning to'rtinchi jamoasi saralash o'yinlari orqali aniqlanishi aytilgandi.
Saralashda 16 ta jamoa ishtirok etadi va ularning raqibi qura natijasidan so'ng aniq bo'ladi. Bunda barcha jamoa faqat 1 tadan uchrashuvda ishtirok etadi va g'olib jamoa guruh bosqichiga yo'l oladi. O'yinlarning asosiy vaqti durang bilan yakunlansa, navbat qo'shimcha taymlarsiz penaltilar seriyasiga beriladi.
Mazkur bosqichda Birinchi liga jamoalari ishtirok etishidan kelib chiqib, barcha uchrashuvlar 1-4 aprel kunlari Toshkent shahrida o'tkaziladi. Saralash bosqichiga qura 19 mart kuni soat 17:00 da tashlanadi. Jarayon Liga sahifalari orqali jonli namoyish etiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar