So’nggi yangiliklar

14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  1 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  7 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  7 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2

O'zbekiston kubogi FINALiga kim qanday tayyorgarlik ko'ryapti? Yangiliklar

O'zbekiston kubogi FINALiga kim qanday tayyorgarlik ko'ryapti?

Ertaga OCHLning guruh bosqichida ishtirok etadigan ikkinchi jamoamiz nomi malum bo'ladi.
Etibor bering, ko'pchilik kubokni emas, OCHLni o'ylayapti. Bu ko'proq O'zbekiston kubogining mavqeining pastligi bilan bog'liq. OCHLniki balandmi, baribir so'nggi yillardagi natijamiz yaxshi emas deyayotgan bo'lishingiz mumkin. Ammo bu erda ikkinchi sabab bor, agar siz OCHL  yo'llanmasini qo'lga kiritsangiz, yangi mavsum uchun yaxshigina moliyaga ega bo'lasiz. OCHLda qatnashmaydigan jamoa uchun hech kim katta pul tikkisi kelmaydi. Pley-off esa biz uchun o'tib bo'lmas to'siqligini raqamlar isbotlab bo'lgan. SHu boisdan ertaga jamoalarimiz kubok uchun  emas, OCHL uchun harakat qilishadi.

PFL reglamentiga asosan ikkinchi marotaba kubok finali neytral shaharda o'tkazilyapti. "Olmaliq" klubi ayni paytda kubok finaliga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapti. Olmaliq chiptalarni  chiqardi, shahar ko'chalariga bannerlarni ildi, maydonni tayyorladi, mehmonlar kelishi uchun  sharoit yaratdi. Xullas juda ko'p ishlarni qildi. Aslida bu ishlarni PFL qilishi kerak edi.  Kubok finali hatto PFLning ham katta qiziqishiga sabab bo'lmayapti. Xuddiki oddiy oliy liga o'yinlari kabi o'tadigan uchrashuv. Olmaliqdagi tanishlarimizning aytishicha, hattoki final so'nggida o'rnatiladigan sahnani ham olib kelishmabdi. Balki shu maqola sabab bo'lib ertaga "Paxtakor" Markaziy stadionining tunelida turgan shohsupani bitta yuk mashinasini ijaraga olib "Olmaliq" stadioniga olib borishar. Finaldan keyin bu narsa bo'lmadi deb yozgandan, bir kun avval qilinmayapti deb aytishni maqul ko'rdim. Ko'ramiz, ertaga shohsupa Olmaliqqa olib boriladimi yoki yo'q. Bu biroz xarajat, kamida 1 000 000 so'mni oladi. Bir marotaba  "Paxtakor"ga shohsupasiz chempionlik unvoni topshirilgandi. 2012 yil hech kim kutmagan bir paytda "Paxtakor" chempionlikni qo'lga kiritgan edi, chetdan juda xunuk ko'ringan edi. Qaysidir yili esa undan ham battarroq bo'lgan. "Bunyodkor" finalga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan, "Paxtakor"  g'olib, otilishi kerak bo'lgan mushaklar, ochilishi lozim bo'lgan shampan vinosini oddiy gazsiz suv va futbolchilarning nakitkalari egallagan. Agar tashkiliy ishlarni "Bunyodkor" emas, PFL  qilganida, kim g'olib bo'lishidan qatiy nazar, stadionga olib kelingan narsalar ishlatilar edi.

Kubokning shukuhi yo'qdek. Bot-bot yozilaversa bo'ladi. Radio va TVlarda arxivlarni jamlagan holda roliklar qilinsa. Masalan, bu Abramovning ikkinchi, Lushanning birinchi finali. Abramov birinchi finaliga o'rtamiyona "Traktor" bilan chiqqan. Lushan esa futbolchi sifatida bir necha marotaba finalda o'ynagan. Topaman desa mavzu ko'p. Ikki mutaxassisning yil boshida bergan intervyularidan kelib chiqib roliklar ishlansa. Masalan, ikkisi ham jo'jalar kuzda sanalishini aytishgan. Kimning jo'jasi xo'roz bo'ldi-yu, kimniki tovuq. Eh, qiziqtirib yuborish uchun mavzu g'ij-g'ij, ammo Abramov aytganidek, futbolchilarning o'zi bazan bilmaydi qachon o'yin bo'lishini, muxlis qaerdan bilsin?

Neytral maydon tanlashda biroz xato bormi deyman. Geografik jixatdan Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Surxandaryo, Qoraqalpog'iston, Jizzax kabi shaharlar uchun Toshkent bo'lgani maqul. CHunki Olmaliqqa kelish uchun avval Toshkentga, keyin yana xarajat qilib Olmaliqqa borish lozim. Faqatgina vodiy uchun 60 km. foyda xolos. Kubokni neytral maydonda qilishdan asosiy maqsad muxlisni stadionga chorlash aslida. Ammo bu qaror bilan bunday bo'ladi deb o'ylamaymiz. To'g'ri, zavod ishchilariga majburan sotilayotgan chiptalar bilan stadion to'lishi mumkin, ammo tabiiy bo'lmaydi. Biz esa futbolni ommaviyligini tabiiy sharoitda amalga oshirishimiz kerak.

Kubok finalini voha yoki Samarqandda qilish orqali ommaviylikni oshirish mumkin, ammo O'zbekiston - Ummon uchrashuvidan kelib chiqib Olmaliq eng yaxshi nomzod edi, boisi Olmaliqda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar o'yinni O'FFga og'irligini tushirmagan holda alo darajada o'tkazishdi. Kubokka ham ular hech qanday etirozsiz, asosiy ishlarni qilgan holda tayyorlanishyapti.

Kubokni kim yutadi degan savol hammamizga birdek qiziq. Bugungi kunda ikki jamoa ichidagi muhit yaxshi emasga o'xshaydi. Jahl bilan "Lokomotiv"dan bir nechta futbolchi chetlatildi va ko'p o'tmay yana ortga qaytarildi. "Bunyodkor"da esa murabbiy va futbolchilar o'rtasida nizo bor ekan. Ertangi o'yin ikki jamoa bosh murabbiyi uchun o'z postida so'nggisi bo'lish ehtimoli yuqori. Bunday final hali bo'lmagan edi, ko'ramiz ertaga nima bo'ladi....


Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика