So’nggi yangiliklar

17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК. Таркиблар маълум  1 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  2 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  11 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  6 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1

O'zbekiston kubogi. 1/8 final. Dinamo - Metallurg 3:3 Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. 1/8 final. Dinamo - Metallurg 3:3

O'zbekiston kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan Dinamo – Metallurg uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
Dinamo (Samarqand) – Metallurg (Bekobod)  3:3  (0:1)

Gollar:
0-1 Sardor Rasulov (26), 0-2 Murodjon Toshmatov (61), 1-2 Komil SHarofutdinov , 2-2 Zayniddin Tojiev (68), 3:2 Zayniddin Tojiev (83), 3-3 Sunnatilla Mamadaliev

Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), T. Galeev (Urganch), S. SHoyusupov (Toshkent), S. Sattorov (Qarshi)
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).

"Dinamo": Igor Mixaylov, Asror Aliqulov, Sanat SHixov, G'ulom O'runov, Akmal Xolmurodov, Abdullo Nabiev, Sirojiddin Sayfiev, Alisher Samatov,  Komil SHarofutdinov,  Jasur Azimov, Firdavs Abdusalimov
 Zaxira: Andrey Melinichuk, Saddam Boymamatov, Akmal Bozorov, Zayniddin Tojiev, Iskandar Xolmirzaev, Xolmo'min Davronov, Avaz Agaliev

"Metallurg": Suxrob Sultonov, Saidkomil Akbarov, Doniyor Odilov, SHohnazar Norbekov, Aleksandr Kovalyov, Nizomjon Esonov, Saidjon Abdujabborov, Mirg'iyos Sulaymonov, Sardor Rasulov, Mirto'ra Akbarov, Sardorbek Soibov
Zaxira: Mamur Ikromov, Xikmat Hoshimov, Dilmurod Karimov, Sunnatilla Mamadaliev, Davronbek Karimqulov, Alisher Ziyavuddinov, Murodjon Toshmatov

                                       MATNLI TRANSLYACIYA
                                               
YANGILASH

Hizmatingizda Humoyun Davurov bo'ldi. Futbolda uchrashguncha.

- 90 * .
Uchrashuv jangavor durang 3:3 hisobida yakunlandi.

- 90 * .
Sanaatttt. Nega gol kirita olmaganini o'zi ham tushuna olmadi. 2 metrdan ochiq darvoza va noaniq zarba.

- 85 * . Golll. 3:3
Sunnatilla Mamadaliev ikki himoyachidan o'tib darvozabonni xato qilishga majbur etdi. Hisob yana o'zgardi.

- 83 * . Golll. 3:2
Zayniddin Tojiev yana bir bor o'zini ko'rsatdi. Akmal Bozorovning qisqa pasini oddiy qilib Zayniddin darvozaga joylab qo'ydi.

- 80 * . Almashish.
Komil SHarofutdinov o'rniga Akmal Bozorov maydonga tushdi.

- 72 * . Ogohlantirishlar:
"Metallurg"dan Sardor Rasulov va Aleksandr Kovalyovga ogohlantirildi.

- 68 * . Golll 2:2 .
Zayniddin Tojiev himoyachilarni xatosidan so'ng birga bir vaziyatga chiqib bordi va hisobni tenglashtirdi.

- 67 * . Almashish.
Saidjon Abdujabborov o'rniga Alisher Ziyavuddinov maydonga tushdi.

- 66 * . Almashish.
Sardor Soipov o'rniga Sunnatilla Mamadaliev maydonga tushdi.

- 65 * . Almashish.
Jasur Azimov o'rniga Avaz Agaliev maydonga tushdi.

- 63 * . Goll 1:2
. Markazdan boshlangan hujumni jarima maydonchasi ichida Komil SHarofutdinov boshi bilan darvozaga joylab hisobni qisqartirdi.

- 61 * . Goll 0:2 .
Bu safar Murod Toshmatov pas deb bergan zarbasini Mixaylovning oddiy xatosi tufayli darvozadan o'rin oldi.

- 57 * . O'zgarish.
Maydonda jarohat olgan Norbekov o'rniga Murod Toshmatov tushdi.

- 52 *
Sardor Rasulov maydon markazidan jarima maydoni ichigacha Firdavs Abdusalimov, Avaz Agaliev, Akmal Holmurodovni aldab kirib bordi. Zarba esa noaniq.

- 48 *
Kovalyovning jarimadan bergan zarbasini Jasur Azimov to'xtatib darvozabonga etkazib berdi.

- 46* . O'zgarish.
Sirojiddin Sayfiev o'rniga Zayniddin Tojiev maydonga tushdi.

- Ikkinchi bo'limga start berildi

Muxlislarsiz stadion huddi mashg'ulotdek bo'lib o'tmoqda. Hech qanday fayz yo'q. Futbolchilarni maydonda aytgan har bir so'zi shundoqqina eshitilib turibdi.

- 45 *
Birinchi bo'limga qo'shimcha daqiqalar belgilanmadi. Hisob 0:1 mehmonlar foydasiga.

- 44 *
"Metallurg"dan super hujum. O'ylangan hujum samarasiz yakunlandi. Sardor Rasulovning qanotdan oshirib bergan zarbasini Mirto'ra Akbarov shundoqqina darvoza tarafga burub qo'ya olmadi.

- 40 *
SHohnazar Norbekovga maydonda tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Norbekov bugun maydonda eng faol o'yinchi.

- 37 * .
Uxx. G'ulom O'runov va Jasur Azimov ketma-ket ikki marta darvoza to'sinini nishonga aniq oldi. Ikki zarba ham ortga qaytdi.

- 35 *
"Dinamo" hamon hujumda oldinda lekin hisobda "Metallurg". Ketma-ket hujumlar mehmonlar jarima maydonchasi ishida to'xtamoqda.

- 26*
Gollll  0:1 . Maydon markazida to'pni oldirib qo'ygan maydon egalari, himoyada ham xatoga yo'l qo'ydi. Sardor Rasulov qiyinchiliksiz darvozani ishg'ol etdi.

- 25 * To`p markazda. "Dinamo" hamon qisqa paslar bilan to'pni nazorat qilmoqda.

- 22 * Agaliev - SHixov - O'runov. Ajoyib kombinaciya va himoyachilardan ajoyib harakat. To'p darvoza chizig'i yonida to'xtadi!

- 18 * Xavfli vaziyat
. Juda ham qulay vaziyatga chiqib borgan Abdulla Nabiev so'nggi zarbada aniqlikka erisha olmadi. Hisob hamon 0:0

- 12 *
"Dinamo" ketma-ket uch burchak to'pini samarasiz yakunlamoqda.

- 10 *
Sanat SHixov ikki himoyachini aldab darvozaga zarba berdi. Bu safar Sultonov zarbasini darvoza ustidan oshirib yubordi.

- 8* SHohnazar Norbekovning 30 metrdan bergan kuchli zarbasini Mixaylov yuqori burchakdan olib chiqdi.

- 6* daqiqada Mirg'iyoz Sulaymonov qanotdan tezkor yorib kirdi. Jasur Azimov qo'polliksiz to'xtatdi.

- 2* Dastlabki xavfli hujum maydon egalari tomonidan sodir etildi. G'ulom O'runovning qanotdan oshirib bergan pasida so'ng Abdulla Nabievning bergan zarbasini Suhrob Sultonov bartaraf etdi.

- Diqqat ! Uchrashuvga start berildi.

- Jamoalar o'yin oldi mashg'ulotlarni o'tab bo'ldi va endi maydonga chiqishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
- Stadion bitta ham muxlis kiritilmagan. Bo'm-bo'sh stadionda o'yinga hozirlik ko'rilmoqda.
- Assalomu alaykum, xurmatli futbol ishqibozlari!
- Uchrashuv soat 17:30da boshlanadi.




Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика