So’nggi yangiliklar

10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  0 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  0 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  5 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  4 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  14 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  4 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  8 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  44 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  1 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2

O'zbekiston kubogi. 1/8 final. "Andijon" - "Nasaf" 1:2 Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. 1/8 final. "Andijon" - "Nasaf" 1:2

O'zbekiston kubogi 1/8 finali javob uchrashuvi doirasidagi "Andijon" - "Nasaf" o'yini bo'lib o'tdi.
O'yinning 17-daqiqasida Akmal Jo'raboev hisobni ochish uchun o'ta qulay imkoniyatga ega bo'ldi. Ammo uning darvozabon ustidan yo'llagan zarbasini Yusupov egalladi.

24-daqiqada Alisher Yusupovning o'ng qanotdan jarimadan uzatib bergan to'pini Maqsud Karimov boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi - 0:1.

37-daqiqa. Allaniyazov bir yo'la uch himoyachini aldab o'tib, darvozaga yaqinlashdi. Ammo hal qiluvchi zarbasi kuchsiz chiqdi.

52-daqiqa. "Nasaf"ning tezkor hujumidan so'ng Taran tezlik bilan jarima maydoniga kirib bordi va Sayfievga uzatdi. Farruh hisobni oshirdi - 0:2.

67-daqiqada Bahrom Abdurahimov jarima maydonchasi ichidan kutilmagan zarbasi bilan hisobni qisqartirdi -1:2.

Uchrashuv mana shu hisob bilan tugadi va "Nasaf" ikki o'yinda umumiy 7:1 hisobida g'alaba qozonib chorak finalga yo'llanma oldi.

Keyingi bosqichda "ajdarlar" "Navbahor" bilan o'ynaydi.


O'zbekiston kubogi. 1/8 final. Javob uchrashuvi. (Birinchi o'yin 0:5)
17:30 - "Andijon" - "Nasaf" 1:2
Andijon. Sog'lom avlod stadioni.
Hakamlar
: Murod Muhamedov (Toshkent), Mo'min Majidov (Namangan), Rasuljon Fozilov (Namangan), Akmal Rahimov (Andijon).
Nazoratchi: Alisher Abdullaev (Toshkent).

GOL:
Bahrom Abdurahimov 67- Maqsud Karimov 24, Farrux Sayfiev 52

"ANDIJON": 1. Muhiddin Xudoyorov, 2. Javlon Mirabdullaev, 4. Rahimjon Qodirov (3. Davron Tursunov, 57), 7. Bekzod G'oziev (22. Kamronbey Kapadze, 59), 14. Akmal Jo'raboev, 17. Mirzakamol Kamolov, 18. SHahzod SHaymanov, 19. Alisher To'xtasinov 20. Temur Sultonov, 28. Rasul Rahmonov (8. Bahrom Abdurahimov, 57), 88. Alisher Azizov.

ZAXIRA: 30. Sergey Smorodin, 5. Aleksey Kasyan, 25. Farruh Mirzaev, 44. Tohir Usmonov.

"NASAF": 30. O'tkir Yusupov, 4. Maqsud Karimov, 7. Akrom Bahriddinov, 14. Laziz Ubaydullaev, 16. Alisher Yusupov, 19. Igor Taran, 23. SHerzod Azamov (42. Najmiddin Normurodov, 64), 29. Ulug'bek Dadaboev (38. Doniyor Narzullaev, 46), 33. Odiljon Hamrobekov, 34. Farruh Sayfiev (57. Azizjon G'aniev, 55), 41. Azamat Allaniyazov.

ZAXIRA: 1. Mixail Naumov, 9. Ilhom SHomurodov, 10. Kenja To'raev, 47. Sirojiddin Qo'ziev,

Ogohlantirishlar: Javlon Mirabdullaev 23, Rahim Qodirov 28
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика