So’nggi yangiliklar

08:47"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:16МЛС. Мессининг дубл қайд этган баҳсда "Интер Майами" йирик ғалабани қўлга киритди  3 08:00Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  1 07:34Пролига. Бугун Суперлига йўлланмасига эга чиқадиган жамоа аниқ бўлади  5 04:19U-17 ЖЧ. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 04:01Мўминхон Баходирхонов: "Агар Ирландия ўз кучи билан ютган бўлса, ҳали улар билан кўришамиз"  4 03:00АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:57А Серия. Турин дербисида ҳисоб очилмади, "Милан" меҳмонда ғалабани қўлдан чиқарди  1 02:50Исломбек Исмоилов: "168 сантиметр бўйга эга футболчи 190 сантиметрликни ютиши жуда қийин"  15 02:06Эрон терма жамоаси ноябрь ойидаги йиғин учун таркибини эълон қилди  0 01:45Миср ноябрдаги йиғин учун таркибни эълон қилди, Салоҳ Ўзбекистонга қарши ўйнаши мумкин  3 01:36Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғин учун таркиби маълум  1 01:22U-17 Жаҳон чемпионати. Ирландия — Ўзбекистон 2:1  0 00:40АПЛ. "Арсенал" меҳмонда 90+4 дақиқада урилган гол туфайли ғалабани қўлдан чиқарди  19 00:34Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Насср", "Ал Иттиҳод" ва "Ал Аҳли" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтди, Роналду яна пенальтидан гол урди  2

O'zbekiston futzalini to'liq qamrab oladigan raqamli platforma ishga tushirildi Yangiliklar

O'zbekiston futzalini to'liq qamrab oladigan raqamli platforma ishga tushirildi

O'zbekiston Professional futbol ligasi hamda Havaskorlar futbolini rivojlantirish markazi hamkorlikda ishlash yuzasidan kelishuvga erishgani haqida xabar bergandik.

"Uning birinchi mevasi sifatida O'zbekiston futzalini to'liq qamrab olishi ko'zda tutilgan www.futsal.uz raqamli platforma ishga tushirildi. 

Raqamli platforma futzalchilar portfoliosini shakllantirishga ko'mak beradi hamda ularning karera bo'ylab o'sishiga hissa qo'shadi. SHundan kelib chiqib, transferlar masalasida skautlar uchun yaxshigina qulaylik berishi rejalashtirilayotgan kontentdan nafaqat tashrif buyuruvchilar, balki sportchilarning o'zi ham manfaatdor deyishimiz mumkin.  

Endilikda mamlakat futzalining Oliy va Birinchi ligasi, Kubogi, Superkubogi, U-18 chempionati kabi musobaqalar mazkur platformada to'liq yoritib boriladi. Platforma, shuningdek, futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi yig'inlar, o'rtoqlik va rasmiy o'yinlarni ham o'zida aks ettiradi. Qo'shimchasiga, havaskorlar futzali musobaqalari sekin-asta undan o'rin oladi", – deyiladi O'zPFL xabarida.

"Liga ham futbol, ham futzal musobaqalarini o'tkazib keladi. Mohiyati yaqin bo'lsa-da, ular aslida boshqa-boqsha sport turlari. SHundan kelib chiqib, bizda futzal uchun mustaqil saytni ishga tushirish zaruriyati mavjud edi. Va nihoyat bunga erisha olganimizdan xursandmiz. Ishonamanki, sayt yaqin kelajakda o'zbek futzalining asosiy axborot manbaiga aylanadi", – dedi O'zPFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev.

Hozirga qadar futzal chempionatining 2022/23 yilgi mavsumining ortda qolgan turlari qaydnomalari saytga to'liq kiritilgan. Endilikda Birinchi liga musobaqasi qaydnomalarini unga yuklash ishlari olib borilmoqda. Tashrif buyuruvchilar taqvim, jadval, statistika, rasm hamda videolarni zamonaviy interfeys bilan kuzatib borish imkoniyatiga ega. 

Kelishuv asosida platformaning mobil telefonlar uchun ilovalari ham ishga tushirilgan bo'lib, smartfon turiga qarab mazkur ilovalarni bemalol yuklab olishingiz mumkin. Bu sizga o'zbek futzali bilan bog'liq barcha jarayonlarni sifatli kontentda kuzatib borish imkoniyatini taqdim etadi.

"Liga bilan futzalni yangi bosqichga olib chiqish yo'lida muhim qadam tashladik. O'zbekistonda professional va havaskorlar futzalini bir tizimga tushirish oliy maqsadimiz hisoblanadi. Liga bugunga kelib professional futzalni bir maromga olib keldi, endi esa uni havaskorlar futzali bilan uyg'unlashtirish, malumotlar olish bazasini rivojlantirish kabi muhim vazifa turibdi. Bunga erisha olishimizga ishonaman", – dedi HFRM asoschisi Nodir Alibekov. 

Bundan tashqari, O'zbekiston Professional futbol ligasi hamda Havaskorlar futbolini rivojlantirish markazi tez orada hamkorlikda O'zbekiston U-18 chempionati musobaqasi o'tkazilishini malum qildi.  

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика