So’nggi yangiliklar

O'zbekiston futzal termasining ispaniyalik murabbiy qo'l ostidagi ilk yig'in uchun chaqirilgan futzalchilar malum qilindi Yangiliklar

O'zbekiston futzal termasining ispaniyalik murabbiy qo'l ostidagi ilk yig'in uchun chaqirilgan futzalchilar malum qilindi

Ushbu oyda O'zbekiston futzal terma jamoasi Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib boradi.

Xose Venansio Lopes tomonidan O'zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi o'quv-mashg'ulot yig'ini va Yaponiya futzal terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlariga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati malum qilindi.

Darvozabonlar: Abbosbek O'lmasbekov (OKMK), Ravshan Eliboev (BMB), Humoyun Rahmatullaev ("Paxtakor").

Futzalchilar: Abdulla Solihov, Ravshan ismatullaev, Elbek To'lqinov (OKMK), Akbar Usmonov, Mashrab Odilov, Davron CHoriev (BMB), Mehroj Xudoyberdiev ("Dinamo"), Ilhomjon Hamroev, Ixtiyor Ropiev, Dilshod Rahmatov ("Oil Star"), Fazliddin Botirov ("Maksam-CHirchiq"), Jamshid Rahmatullaev ("Nasaf"), Akmal Elmurodov ("Bunyodkor").

Eslatib o'tamiz, Yaponiyaga qarshi uchrashuvlar 22-23 noyabr kunlari "O'zbekiston" sport majmuasida soat 19:00da start oladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика