O'zbekiston futzal terma jamoasining Qozog'istonga qarshi o'yinlar uchun tarkibi malum
31 mar 2024 15:10
Yangiliklar
O'zbekiston futzal terma jamoasining Qozog'istonga qarshi o'yinlar uchun tarkibi malum
Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi 7-9 aprel kunlari Taraz shahrida Qozog'iston terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Oldinda turgan bahslarga reja asosida tayyorgarlik ko'rish maqsadida vakillarimiz 1 aprel kuni Olmaota shahrida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishadi.
Bosh murabbiy tomonidan 15 nafar futzalchi yig'inga jalb etilgan: Ravshan Eliboev, Fazliddin Botirov, Mashrab Adilov, Ixtiyor Ropiev, Sunnat Jo'raev, Ilhom Hamroev, Dilshod Rahmatov, Husniddin Nishonov, Elbek To'lqinov, Akbar Usmonov, Abror Ahmetjanov, Abbos Elmurodov, Mexroj Xudoyberdiev, Samariddin Berkinov, Sunnatjon Anvarov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar