So’nggi yangiliklar

01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  1 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  1 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  4 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  2 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  4 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  20 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  2 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  9 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1 20:28Пьер-Эмерик Обамеянг: "Бу жуда катта хато бўлганди"  2

O'zbekiston futzal terma jamoasining Qozog'istonga ketgan tarkibi Yangiliklar

O'zbekiston futzal terma jamoasining Qozog'istonga ketgan tarkibi

Xabaringiz bor, 14-15 dekabr kunlari O'zbekiston futzal terma jamoasi Qozog'istonga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Har ikki bahs ham Nur-Sulton shahrida bo'lib o'tadi.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz kecha Qozog'iston poytaxtiga etib bordi va mashg'ulotlarni boshlab yubordi. Vakillarimiz xalqaro o'rtoqlik o'yiniga 13 nafar futzalchi bilan yo'l olishdi. Yig'inga taklif etilgan 14 nafar o'yinchi orasidan faqat Xushnur Erkinov hujjatlar bilan bog'liq muammo sabab Toshkentda qolgan.

O'zbekiston terma jamoasining Qozog'istonga yo'l olgan tarkibi:

Darvozabonlar: Rustam Umarov (AGMK), Ravshan Eliboev ("Lokomotiv");

O'yinchilar: Anasxon Rahmatov ("Huaxin-Jizzax"), Mashrab Odilov ("Lokomotiv"), Ixtiyor Ropiev ("Huaxin-Jizzax"), Ilhom Hamroev ("Huaxin-Jizzax"), Dilshod Rahmatov ("Huaxin-Jizzax"), Akbar Usmonov ("Lokomotiv"), Husniddin Nishonov ("Huaxin-Jizzax"), Elbek To'lqinov ("Huaxin-Jizzax"), Abdulla Solihov (AGMK), Davlat Ibragimov (AGMK), Davron CHoriev ("Huaxin-Jizzax").


Ko'rib turganingizdek, tarkibdagilardan faqat Abdulla Solihov va Davlat Ibragimov shu yilning 12 sentyabr - 3 oktyabr kunlari Litva mamlakatida o'tkazilgan futzal bo'yicha Jahon chempionatida qatnashmagan.

Eslatib o'tamiz, Qozog'iston va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi har ikkala o'rtoqlik o'yini Jaksilik Ushkempirov nomidagi yakkakurash saroyi (Nur-Sulton)da bo'lib o'tadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика