So’nggi yangiliklar

16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  5 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  3 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  6 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  47 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0

O'zbekiston futzal federaciyasi Polsha futbol federaciyasi bilan hamkorlik qiladi Yangiliklar

O'zbekiston futzal federaciyasi Polsha futbol federaciyasi bilan hamkorlik qiladi

Bugun O'zbekiston futzal federaciyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov Varshava shahrida Polsha futbol federaciyasi vice-prezidenti Adam Kazmerchyak bilan uchrashdi.

O'zbekistonning Polshadagi favqulodda va muxtor elchisi Amirsaid Azamxo'jaev hamrohlik qilgan uchrashuv davomida har ikki mamlakat futboli va futzali rahbarlari O'zbekiston futbol associaciyasi hamda mamlakatimiz futzal federaciyasi va Polsha futbol federaciyasi o'rtasida do'stona aloqalarni o'rnatish, ko'plab yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni yo'lga qo'yish borasida kelishib olishdi.

SHuningdek, Bekzod Mamatqulov va Adam Kazmerchyak har ikki mamlakat U-18 va U-20 yosh toifasidagi terma jamoalarni hamda O'zbekistonda ayollar futzalini rivojlantirish bo'yicha samarali hamkorlik qilish borasida kelishib olishdi. Jumladan, kuz faslida O'zbekiston va Polshaning ham erkaklar, ham ayollar terma jamoalari ishtirokida o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etish borasida qaror qabul qilindi.

Uchrashuv so'ngida Adam Kazmerchyak mehmonlarga jahon futboli yulduzi, Polsha milliy terma jamoasi sardori Robert Levandovskining dastxati tushirilgan maxsus futbolkani taqdim etdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика