So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  17 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

O'zbekiston futbol associaciyasi va Qozog'iston futbol federaciyasi rahbarlari uchrashuvi bo'lib o'tdi Yangiliklar

O'zbekiston futbol associaciyasi va Qozog'iston futbol federaciyasi rahbarlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

Bugun O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov va Qozog'iston futbol federaciyasi prezidenti Marat Omarov o'rtasida uchrashuv o'tkazildi.

"Unda ikki mamlakat futbol tashkilotlari o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish hamda mintaqaviy loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan mamlakatimiz futbol tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi infratuzilma loyihalari, futbol talimi va akademiyalar tarmog'ining rivoji, shuningdek, murabbiylar va tibbiyot xodimlari malakasini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida malumot berildi. Shuningdek, hamda davlat rahbari tashabbusi bilan Turkiy davlatlar o'rtasida turnir o'tkazish masalasi muhokama qilinayotgani hamda Milliy futbol markazi foydalanishga topshirilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.


O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov so'nggi yillarda futbol boshqaruvida tizimli yondashuv kuchaygani, futbolda shaffoflikni taminlash maqsadida Hakamlar akademiyasi faoliyati yo'lga qo'yilgani, yosh hakamlar uchun o'quv dasturlar tashkil etilgani hamda Milliy futbol markazida markazlashgan VAR tizimi faoliyati yo'lga qo'yilgani takidladi.

Shuningdek, mamlakatimizda 14 ta hududiy futbol akademiyasi faoliyat yuritayotgani, ularning barchasi yagona metodologiya asosida ishlayotgani va futbol sohasida to'liq raqamlashtirish tizimi joriy etilgani qayd etildi. Yangi futbol infratuzilmalari, “FIFA Central Asian Cup” – FIFA Markaziy Osiyo kubogi turnirini tashkil etish tashabbusi ham muhokama etildi.

Qozog'iston tomoni esa mamlakatda olib borilayotgan islohotlar, futbol infratuzilmasini modernizaciya qilish va xususiy klub tizimini kengaytirish borasida malumot berdi. Jumladan, to'rtta klub xususiylashtirilgani, Germaniyadan tibbiyot markazlari uchun mutaxassislar jalb qilinayotgani, FIFA va QFF tomonidan butun mamlakat bo'ylab yangi futbol maydonlari, jumladan “arena futbol” inshootlari qurilishi boshlanganini malum qildi.

Shuningdek, yaqin istiqbolda “Atletiko” akademiyasining ochilishi rejalashtirilgani, homiylik tizimini kengaytirish va yosh futbolchilarni tayyorlash bo'yicha ishlar izchil davom etayotgani aytib o'tildi.

Tomonlar UEFA va FIFA bilan yo'lga qo'yilgan hamkorlikning samarali davom etayotganini qayd etib, o'zaro o'rtoqlik o'yinlarini ko'paytirish, mutaxassislar tayyorlash va yangi qo'shma loyihalarni amalga oshirish bo'yicha kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat futbol associaciyalari o'rtasidagi do'stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishildi", – deyiladi O'FA xabarida.

O'zbekiston va Qozog'iston yoshlar hamda o'smirlar jamoalari, shuningdek, ikki mamlakat futbol terma jamoalari o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi malum bo'lgan edi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
09 okt 16:43:33
BXZ BXZ
Вакти келиб У́збекистон ва Козокистон ку́шма ариза беради Фифага футбол бу́йича Жахон чемпионатини у́тказиш учун ва бу
ариза оркали Жахон чемпионатига икки кардош давлат мезбонлик килади .
   
09 okt 17:36:24
dessi anvar
ҳар бири ўзини мақтабди
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика