O'zbekiston 27 va 29 may kunlari Toshkentda Ummon bilan o'ynaydi
28 mar 2014 08:45
Yangiliklar

O'zbekiston 27 va 29 may kunlari Toshkentda Ummon bilan o'ynaydi
Nihoyat, O'zbekiston milliy terma jamoasi bir necha yillik tanaffusdan so'ng yana Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Terma jamoalar markazi manziliga yo'llangan tinimsiz tanqidlardan so'ng “mana senlarga deb”, bir emas 2 ta o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etib berishyapti.
Rejaga ko'ra, milliy terma jamoamiz 27 va 29 may kunlari Ummonga qarshi 2 ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Har ikkala o'yin ham Toshkentda bo'lib o'tadi. SHu kunlarda bu malumot O'FF tomonidan rasman tasdiqlanishi kutilyapti.
350 ming AQSH dollari evaziga Toshkentga kelishga rozilik bergan Garet Beyl boshchiligidagi Uells terma jamoasining taklifi O'FFga qimmatlik qilgan ko'rinadi.
FIFA reytingida 81-o'rinni egallab turgan Ummon terma jamoasi joriy yil hisobidan hozirgacha 3 ta o'yin o'tkazdi. 24 va 31 yanvar kunlari Iordaniya va Finlyandiya terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvida durang (0:0) o'ynagan Pol le Guen shogirdlari 5 mart kuni Osiyo Kubogi-2015 saralash o'yinida Singapurni 3:1 hisobida taslim etishdi.
Mayli, hech bo'lmasa Ummon bilan kelishishibdiku, shunisiga ham shukur! Lekin kuz oyidagi FIFA kunlarida kuchli raqiblar bilan o'ynamasak bo'lmaydi. Osiyo Kubogi-2015da ijobiy natijaga ko'z tikkan ekanmiz, buning uchun tayyorgarlik ham shunga monand bo'lmog'i kerak.
Guruhdan eson-omon chiqib olsak, chorak finalda bizni Janubiy Koreya yoki Avstraliya qarshi oladi. SHunday ekan, tanlanajak sparring-raqiblar ham saviya borasida shu ikki terma jamoadan past bo'lmasligi lozim.
Darvoqe, qiziq bir malumot. Bugun soat 11.30da “Bunyodkor” delegaciyasi Toshkent -Tehron - Ahvaz yo'nalishi bo'yicha Eronga jo'nab ketadi va 1 aprel kuni “Fulad”ga qarshi guruh bosqichining 4-tur uchrashuvida maydonga tushadi.
26 mart kuni Sidneyda Osiyo Kubogi-2015 final bosqichiga qura tashlash marosimida qatnashgan Mirjalol Qosimov esa bugun kechqurun Sidney - Kuala Lumpur - Toshkent yo'nalishi bo'yicha yurtimizga qaytib keladi va ertaga ertalab yana Toshkent - Istambul - Tehron - Ahvaz reysi bilan Eronga uchar ekan. Bu bizga o'tgan yilgi mashhur XOXXOT “hangoma”sini eslatib yubormayaptimi? Qosimovning o'zi Sidneydan to'g'ri Tehronga uchishni so'ragan. Ammo Eronda davom etayotgan Navro'z bayrami sabab, Tehronga uchadigan bir nechta reyslar bekor qilingan.
Kamoliddin Alimov

Fikrlar