So’nggi yangiliklar

17:22Тимур Кападзе: "Сречко Катанецга соғлиқ тилаймиз. Ўйлайманки, ассистентлар бу вазиятдан чиқиб кетади"  0 16:58Жаҳон чемпионига айланган Бразилия футзалчилари қандай фикрда?  0 16:30Аргентина футзалчилари финалдаги мағлубиятдан сўнг нималар дейишди?  1 16:04Transfermarkt Франция чемпионати футболчиларининг нархини янгилади. Абдуқодир Ҳусановнинг янги нархи қанча бўлди?   9 15:56"Арсенал" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтиришга тайёр  0 15:29Слот "Ливерпуль" тарихига кирди  1 15:00Шенсни қачон "Барселона" сафида майдонга тушиши мумкин?  0 14:36"Пахтакор" - "Динамо" учрашуви таҳлили: ҳакам нечта хатога йўл қўйди?  13 14:14Аббос Файзуллаев РПЛ 11-тур рамзий жамоасидан жой олди  1 13:50Сервер Жепаров Россиядаги амалиёт жараёни ҳақида гапирди  5 13:32Учинчи марта: Сречко Катанец Эрон ва БААга қарши ўйинларда Ўзбекистон термасига ёрдам беролмайди  92 13:20Футзал бўйича ЖЧ. Украина Францияга 7 та гол уриб, 3-ўринни олган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:02"Ливерпуль" "Кристал Пэлас" етакчисини сотиб олмоқчи  0 12:39"Барселона" Фатини қандай ҳолатда ижарага бериши аниқ бўлди  1 12:12Ўзбекистонда кимга "Олтин тўп" топширилди?   9

O'zbek futbolida tarixiy voqea. Superliga titul homiyga ega bo'ldi Yangiliklar

O'zbek futbolida tarixiy voqea. Superliga titul homiyga ega bo'ldi

Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti, O'zbekiston futbol Associaciyasining birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun jahonga mashhur “Pepsi” kompaniyasi vakillarini qabul qildi.

Ushbu kompaniya o'zbek sporti, xususan mamlakat futbolida yuz berayotgan islohotlarni yuqori baholab, O'zbekiston futbol Associaciyasiga yangi tashkil etilgan Superligaga homiylik qilish taklifi bilan chiqdi.

O'z navbatida Professional futbol ligasi kompaniya vakillariga Superliganing 4-turidan o'rin olgan “Bunyodkor” – “Buxoro” uchrashuvida o'z imkoniyatlarini namoyish etib berdi. Mamlakatimizning eng ko'rkam arenasida “Pepsi” reklamasi uchun  yaratilgan sharoitlardan kompaniya rahbarlari benihoya mamnun bo'lishdi va Superligaga titul homiy bo'lish istagini bildirishdi. SHu maqsadda “Pepsi” kompaniyasining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbarlari bugun Milliy olimpiya qo'mitasida Umid Ahmadjonov bilan uchrashishdi.


“O'zbek futbolida so'nggi paytlarda yuz berayotgan islohotlar etiborimizni tortdi. Tan olish kerak O'zbekiston futbol Associaciyasi Superligaga asos solgach, sezilarli ravishda muxlislarni stadionlarga qaytara oldi. So'nggi yillarda muxlislar tashrifi bo'yicha poytaxt stadionlari eng past ko'rsatkichni qayd etardi. Bu yilgi mavsumdan etiboran hammasi tubdan o'zgardi. Ortda qolgan to'rtta tur yakunlariga ko'ra eng ko'p muxlis “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurgani so'zimizga isbot bo'la oladi. Hammasi bo'lib esa to'rtta tur uchrashuvlarini deyarli 300 000 ishqiboz bevosita stadionlardan kuzatdi.  

“Pepsi” kompaniyasi reklama industriyasida aynan sportning futbol turiga katta etibor qaratadi. Kompaniyamiz shuningdek, jahoning eng nufuzli sport musobaqalaridan biri – futbol bo'yicha Evropa chempionlar ligasining ham rasmiy homiysi hisoblanadi. Biz o'zbek futbolida ro'y berayotgan ijobiy o'zgarishlar, islohotlarda bevosita ishtirok etishni, shu orqali o'zbek sporti taraqqiyoti va rivojlanishiga hissa qo'shishni istaymiz. Qolaversa O'zbekiston Superligasi kompaniyamizni yanada mashhurroq qilish, mahsulotlarimizni reklama qilish uchun katta bozordir. Biz bu imkoniyatni qo'ldan chiqarmasligimiz kerak,” – dedi “Pepsi” kompaniyasining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari SHuhrat Ergashev.

Takidlash lozimki, O'zbekiston Professional futbol ligasi bunga qadar bir qator nufuzli firma va kompaniyalar bilan Superligaga homiylik qilish maslasida muzokaralar olib bordi. Ular orasidan aynan “Pepsi” kompaniyasining taklifi maqul keldi.


“Avvalo biz tomondan olib borilayotgan islohotlarga berilgan yuqori baho va etirof uchun minnatdorchilik izhor etaman. O'zbekiston futbol Associaciyasi boshqaruvida eng shimarib ishga kirishganimizda o'z oldimizga birinchi galdagi vazifa sifatida muxlislarni stadionga qaytarish masalasini qo'ygandik. Ozmi ko'pmi bu rejalar amalga oshayotganidan hursandman. Ammo bu bilan cheklanib qolmoqchi emasmiz. Futbolni xalqimiz juda sevadi. Biz muxlislar uchun stadionlarda kerakli barcha sharoitlarni yaratish, eng avvalo toza, halol va tomoshabop futbol namoyish etish yo'lida hali ko'p ishlashimiz kerak. Ishonchim komilki, biz buning uddasidan chiqamiz,” – dedi Umid Ahmadjonov.

“O'z navbatida futboldan tashqari boshqa sport turlari – jumladan dzyudo, sport kurashlari, og'ir atletika, boks, taekvondo va boshqa turlar bo'yicha ham hamkorlikni davom ettirishimiz mumkin. Asosiy maqsad ushbu shartnoma orqasidan mo'maygina daromad olish emas, balki mamlakatimizda sport taraqqiyoti va Olimpiya harakatini yangi bosqichga olib chiqish. Sportda marketing sohasini yanada rivojlantirishdan iboratdir,” – deya so'zini davom etttirdi MOQ Prezidenti.


Uchrashuv yakunida “Pepsi” kompaniyasi va O'zbekiston futbol Associaciyasi o'rtasida shartnoma imzolandi. Demak, o'zbek futboli tarixida birinchi marta O'zbekiston Superligasi o'zining titul homiysiga ega bo'ldi. Bitim hozircha yil yakuniga qadar imzolandi. Kelasi mavsumda hamkorlik doirasini yanada kengaytirish, musobaqalar sonini oshirish, bolalar va mahalla futboliga ham kirib borish masalasida kelishib olindi. SHak shubhasiz, bugungi tarixiy voqea, o'zbek sporti, xususan futboli taraqqiyoti yo'lida tashlangan muhim qadam bo'lib qoladi.

Reyting: +112   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика